Tanishing: Xurshid Nazirov

Nazirov Xurshid Abdullayevich 1958-yil 6-avgustda tug’ilgan. 1982 yilda P. Benkov nomdagi Respublika rassomchilik bilim yurtini V. Petrov rahbarligida rangtasvir bo’limini tugatgan. Shu yili “Usto” birlashmasi qoshidagi Chingiz Ahmarov rahbarligida miniatyura tajriba ustaxonasida ijodiy faoiyatini boshlagan. Sharq miniaturasini dastlab Sh. Muhammadjonov va N. Holmatovlardan o’rgangan. 1984-yilda Rossiyaning Palex miniatura ustaxonasida taniqli rassom N. Golkovda amalga oshirgan. Shu yildan boshlab lokli va dastgohli ishlari bilan ko’plab respublika va xalqaro ko’rgazmalarda qatnashib keladi. Uning asarlari respublikamizdan tashqari Polsha, Vengriya, Ispaniya, Germaniya, Angliya, Danya, Fransiya, Belgiya, Rossiya, Malaysiza, Shri Lanka, Iroq, Pokiston, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarning ko’rgazmalarida namoyish etilgan.

Miniaturaning mahobatli yo’nalishdagi ishlari  ijodining asosiy qismini tashkil etadi. Dastlabki mahobatli devoriy ishini 1985-yilda Urganch shahridagi tantanalar uyida amalga oshirgan. Shundan so’ng u hamfikr do’stlari T.Boltaboyev va G’. Kamolovlar bilan birlashib “Sanoiy Nafisa”guruhini tashkil qilgan. Ushbu guruh qator yillar davomida yigirmadan ortiq devoriy asarlar yaratishgan.. Bular jumlasiga Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Oliy Majlis binosi, Prezidentning qabullar uyi, Toshkent shahar hokimiyati, “Sheraton” mehmonxonasi, Yangi Angren GRES madaniyat saroyi, Namangandagi A. Navoiy teatri, Samarqandagi Ulug’bek muzeyi interyerlariga ishlangan devoriy asarlarini kiritish mumkin Bundan tashqari Fransiya, Germaniya, AQSh va Pokiston kabi xorijiy davlatlarning muzey va elchixonalarida ham devoriy ishlarni amalga oshirgan..

Xurshid Nazirov miniaturani vitraj san’atida qo’llagani diqqatga sazovordir.  U bu borada A. Axmedshin va A. Asqarov bilan hamkorlikda amalga oshirgan ishlari bu san’atida yangicha uslub kasb etdi. Bu yo’nalishdagi ishlar jumlasiga Prezidentning Do’rmon qarorgohi, AQShdagi O’zbekiston  elchixonasi va Xasti Imom me’moriy majmualarida amalga oshirgan ishlari yaqqol misol bo’la oladi.

Xurshid Nazirovning ko’plab shogirdlari hozirda respublikamizning turli shahar va viloyatlarida miniatura sohasida barakali ijod qilib kelishmoqda. Unig asarlari bir qancha muzey va ko’gazmalar fondida saqlanadi.

Xurshid Naziroving serqirra ijodi Davlatimiz tomonidan yuksak baholangan.

 

1995-yil. BMTning 50-yilligiga bag’ishlangan ko’rgazmasida YNESKOning “Xalqaro usta” guvohnomasi bilan taqdirlangan.

1997-yil. Pokistondagi xalqaro “Grand festival” ko’rgazmasi g’olibi

1997-yil. “Buyuk Sohibqiron-buyuk bunyodkor” devoriy asari uchun “O’zbekiston Respublikasi Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti

2001-yil. O’zzbekiston badiiy Akademiyasi – badiiy ijodkorlar uyushmasining miniatura shu’basi raisi.

2002-yil. “Kamoliddin Behzod-ruhiyati naqqoshi “ tanlovi g’olibligi diplomi

2008-yil. O’zbekiston Badiiy Akademiyasining Oltin medali

2009-yil. O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi unvoni.

Xurshid Nazirov hozirda o’z oilasi bilan AQShning Nyu-York shahrida istiqomat qilmoqda.

Editorial Team

Editorial Team

Share this article

Share on facebook
Share on twitter
Share on odnoklassniki