September 30, 2015

Keyingi bekat “Tinchlik” – Olim Sharipov

Bundan bir necha hafta oldin uyga bozorlik qilgani bir do’konga kirdim. Do’konda men yaxshi ko’rgan non qolmagan ekan. Egasi “Xozir yangi yopilganini olib kelishadi. Besh daqiqa kuting” deb aytdi. Non olib kelishlarini kutar ekanman, do’kon ho’jayini meni zeriktirmaslik uchun gapga soldi. U kishi bir Yamanlik arab ekan. Ob­-havodan boshlangan suhbat Yamanda kechayotgan to’palonga o’tib ketdi. Do’kon egasi yurtida bo’layotgan voqealardan xafa bo’lib, menga hasrat qildi. Nafaqat Yamanda, balki butun O’rta Sharqda ro’y berayotgan urushni gapirib berdi. Millatiga va yurtiga achinib, chin yurakdan kuyinib gapirganini u insonning ko’zlaridan bilsa bo’lar edi. Suhbat chog’ida Yamanlik kishi mendan qayerdanligim haqida so’radi. O’zbekistondanligimni aytdim. ‘Yurtingiz tinchmi?’ degan savoliga “Xudoga shukur, Yurtimiz tinch” deb javob berdim va bu “Xudoga shukur” har kungi aytiladigan “Xudoga shukur”dan ko’ra boshqacharoq chiqdi. Uyga qaytar ekanman, do’kon egasining aytgan gaplarini eslab, goh O’rta Sharqdagi urush ko’z oldimdan o’tardi, goh O’zbekistondagi tinchlikni eslab, hursand bo’lardim. Yurtimiz tinch bo’lgani uchun, yaqinlarimiz sog’­-salomat yashab yurganlari uchun yo’l­ yo’lakay Xudoga shukur aytib ketdim. Aziz vatandoshlar, hozir ayni ehtiyot bo’lish kerak bo’lgan zamon. E’tibor beringda, hamma urushga kirib ketayapti. Odamlar birin ketin, o’zi bilmagan holda to’polonlarga aralashib qolib, hech qancha o’tmay o’z yurtlarini vayronaga aylantiryaptilar. Hatto, sekin­ asta O’rta Sharqda joylashgan badavlat, neftga mast bo’lgan, boshqa mamlakatlardagi urushlarni moliyalashtirayotgan davlatlarning o’zlarining boshlari tomon ham “urush” deb atalmish qora bulutlar yaqinlashib kelmoqda. Xudo asrasin. Ayni shunday zamonda biz o’zbeklar urush balosidan ehtiyot bo’lmog’imiz shart. Hamma qurol ko’tarayotgan bir payt biz o’zbeklar qalam ko’tarmog’imiz zarur. Butun e’tiborimizni ma’rifatga qaratishimiz kerak. Bilingki, tinchlik bor yurtda sekinmi tezmi, albatta rivojlanish bo’ladi. Urush bo’lgan yurtda esa hech qanday rivojlanish bo’lmaydi. Afsuski, bizning oramizdan ham har xil oqimlarga aralashib qolib, o’zini va oila ­a’zolarini qiyin ahvolga solib qo’yayotganlar chiqib turibdi. O’z yurtlari va O’zbek degan nomga uyat olib kelyaptilar. Alloh yo’lida savob ish qilyapman deb o’ylab, aslida Islom olamiga zarar bo’gan ishlarga qo’l urib qo’yyaptilar. Yurtdoshlarimizning qing’ir yo’llarga kirib qolayotganlariga sabab, avvalo, ma’rifatning sayozligi. Bilimli odamlar bilimsiz odamlarni boshqarib kelgan va bundan keyin ham boshqaradi. Ma’rifati yuqori bo’lgan odamlar yaxshilikni mayda ishlardan boshlashdan uyalmaydilar. Ma’rifatsiz odamlar esa birdaniga katta ish qilaman deb, ahmoqona ishlarga qo’l urib qo’yadilar. Shuning uchun, azizlar, ilm o’rganishimiz juda zarur. Ilm olish va odamlarga ilm ulashish bu Payg’ambarladan qolgan me’rosdir. Millatdoshlarimizning qing’ir yo’llarga kirib qolayotganiga ikkinchi sabab bu ota ona, yaqin qarindoshlardan uzoq bo’lishdir. Ijtimoiy hayoti qizg’in bo’lgan odamning hayoliga har xil bo’mag’ur narsalar kelavermaydi. Shuning uchun sevib, sevilib yashash juda muhim. Atrofingizda ota­ ona, xotin, bola-­chaqangiz bo’lsa, o’zingizni yaxshi his qilasiz. Uchinchi muammo, odamning ishi yurishmayotganligida. Oilasida muammosi bo’lgan va ishi yurishmayotgan odamning ko’ziga dunyo qorong’u bo’lib ketadi. Natijada, ba’zilar birdaniga dinga qattiq berilib ketadilar va ekstrimistlar qo’llarida o’yinchoq bo’lib qoladilar. Buni psixologlar ko’p ta’kidlaydilar. Hammaning hayotida omadsizliklar bo’lib turadi. Omadsizlik kelgan paytlar qurol ko’tarish emas, balki sabr qilmog’imiz kerak. Aziz vatandoshlar va millatdoshlar, agar siz tanigan odamlardan birortasi Amerikada yolg’iz yurgan bo’lsa, qiynalayotgan bo’lsa, ularga Chikagoda birdam yashaydigan o’zbeklar jamiyati borligi haqida xabar bering. Agar, bu odam o’zingiz bo’lsangiz va ushbu maqolani o’qib turgan bo’lsangiz, albatta bizga yoki boshqa o’zbek jamiyatlariga qo’shiling. Chikagodagi o’zbeklar jamiyati hech qanday siyosatga aralashmaydigan jamiyatdir. Bu yerga kelsangiz, sizdan birov hujjatingiz haqida so’ramaydi. Bu bizning ishimiz emas. Chikago o’zbeklari tez-­tez bayramlar uyishtirib turishadi. O’zbek bolajonlar uchun “O’zbek tili va madaniyati” darslari ochilgan. Chikagolik o’zbeklarning Instagram, Facebook, Viber va Twitter sotsial tarmoqlarida gruppalari bor. Ushbu gruppalar orqali bir birlari bilan bog’lanib turadilar hamda ish topishda, uy topishda va boshqa masalalarda bir birlariga maslahatlar berib turadilar. Futbol uyishtirib turiladi. Boshqa shtatlardagi o’zbeklar oldiga ilmiy va madaniy uchrashuvlarga safarlar uyushtirib turiladi. Hullas, biz bilan birga bo’lsangiz zerikmaysiz. Biz uchun millatdoshlarimizning yuzlari oynai jahonda terrositik ayblovlar bilan ko’rinishi va O’zbekistonimizning nomi bulg’anishi juda achinarli. Undan ko’ra, keling birgalashib ilm o’rganaylik, farzandlarimizga ma’rifat ulashaylik. Biz va farzandlarimizning yuzlari oynai jahonda ma’rifat cho’qqilarini zabt etganligi uchun ko’rinsin va butun jahon o’zbeklari bizlardan fahrlansinlar.

Keyingi bekat “Tinchlik” – Olim Sharipov Read Post »

AQShda daromad soliqlari-Olim Sharipov blogi

“Mening  tushunishim qiyin bo’lgan eng murakkab narsa bu-soliqdir” Albert Eyneshteyn AQSH da soliqlar boshqarmasi (IRS)bu mamlakatning moliyaviy vazirligiga(Department of Treasure )qarashli bo’lib,soliq ishlari bo’yicha jahonning eng mukammal sistemalaridan hisoblanadi. Faqat 2010 moliyaviy yilning o’ziga soliqlar boshqarmasi 2.3 trillion dollar daromad qilgan, 230 million soliqlar deklaratsiyasini bajarilgan. Soliq boshqarmasining maqsadlari: -Soliq to’lovchilarga ularning huquq va majburiyatlarini to’g’ri bajarishlari uchun yuqori sifatli xizmat kursatish;-Soliq qonunlarini adolatli bajarilishini ta’minlash.-AQSH da soliq to’lovchilarning soliq qonunlariga rioya qilishlarini talab qilish va qonunlarni qabul qilish bilan congress shug’ullanadi. Soliq to’lovchilar quyidagi huquqlarga egadirlar: -Soliqlar boshqarmasining vakili siz bilan muloqotda bo’lgan paytda sizning huquqlaringizni tushintiriishi kerak;-Soliqlar boshqarmasi(IRS)sizga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni boshqa bir  shaxsga yoki boshqa maqsad yolida oshkor qilmasligi kerak;-Siz bilan xushmuomala munosabatda bo’lishi kerak;-Soliqlaringiz buyicha siz o’zingizni himoya qilishingiz mumkin yoki soliqlar boshqarmasining  ruxsatnomasiga ega bulgan shaxs:A)Advokat (Attorney)B)Diplomga ega bo’lgan xisobchi –revizor.C)AQSH soliq boshqarmasining ro’yxatidan o’tgan vakil(Enrolled Agent) orqali bajarishingiz mumkin.Siz faqatgina to’gri hisoblangan soliqlarni to’lash uchun javobgarsiz. Agar siz mazkur soliq summasini  bir vaqtning o’zida to’lay olishga imkoniyatingiz bo’lmasa  sizga oyma –oy to’lab borishingiz uchun imkoniyat yaratiladi va ruxsat beriladi. Soliq sistemasining asoslari AQSHda doimiy yashovchi,daromadga ega bo’lgan va ma’lum talablarga javob bera oladigan har qanday shaxs soliq deklaratsiyasini to’ldirishga javobgardirlar. Bu narsa shaxsning immigrantlik statusiga emas balki daromadiga bog’liqdir.Soliq deklaratsiyasini  har yilda bir marotaba 15 aprelgacha bo’lgan muddatdan kechiktirmasdan to’ldirilishi kerak.2012 yilda soliqlar uchun asosan quyidagi o’zgartirishlar kiritildi.-Kishi boshiga umumiy daromaddan ajratib tashlanadigan yengilliklar(lgota) $3800.(2011 yil uchun $3700)Standart ushlamalar :-Er-xotin uchun $11.900 (2011 yilda $11600);-Yakka tartibda bo’lsa $5950 (2011 yilda $5800).– Va boshqalar. Umuman olganda AQSHda soliqlar sistemasi ancha mukammal va adolatlidir. Kamina ham shu sohaga juda qiziqib qolib 5 yildan buyon soliqlar sohasini o’rganib kelmoqdaman. O’zimning xususiy biznesim bo’lganligi sababli dastlab  Turbo TAX programmasi bilan ishlay boshladim. Undan keyin H&R Block kompaniyasiga tegishli kursga kirib o’qib,maxsus soliq hisoblashga haqli sertifikatga ega bo’ldim.Keyinchalik ATX,USA TAX,Tax Act kabi soliqlarni hisoblashga muljallangan dasturlar bilan ishladim.O’tgan 2012 yilda bir qancha kishilarga, xususan  O’zbekistonlik vatandoshlarimizning ham daromad soliqlarini hisoblab berdim.Bu yil ham shu sohada faoliyatimni davom ettirayapman. Vatandoshlarimizdan kimda kim  daromad soligini hisoblashda biror bir savol yoki ko’mak kerak bo’lsa ,marhamat mening telefon raqamim: (708)415 17 43 yoki quyidagi e-mail orqali bog’lanishingiz mumkin:sharipovolim@yahoo.comOlim Sharipov,Chicago

AQShda daromad soliqlari-Olim Sharipov blogi Read Post »

Scroll to Top