Do\’ppi kiymay qo\’ydi odamlar – Olim Sharipov

Do’ppi kiymay qo’ydi odamlar…

Bu ne holder tushunmay qoldim,

Do’ppi kiymay qo’ydi haloyiq.

Do’ppi yo’qmi boshga loyiq, yo

Bosh qolmadi do’ppiga loyiq.

(Muhammad Yusufning “Do’ppi” nomli hazil she’ridan)

 

Darhaqiqat, do’ppi bu o’zbek xalqining milliy kiyimi. Biz o’zbeklarni chet ellarda yursak ham do’ppimizdan tanib olishadi.Eng yaxshi kunlarda bir-birimizga do’ppi sovg’a qilamiz. Biror joyga, chetga chiqadigan bo’lsak asosiy sovg’amiz ko’pincha do’ppi bo’ladi. Har xil marosimlarimiz do’ppisiz o’tmaydi. Bir so’z bilan aytganda do’ppi bu o’zbekligimizning nishonasidir.

Xo’sh shu kunlarda do’ppiga munosabat qanday? Men shu to’g’risida fikr- mulohaza yuritmoqchiman. Esimda ilk bor AQShga kelganimda sovg’a tariqasida bir nechta do’ppi olib kelgan edim. Nyu Yorkdagi savdo do’konlaridan biri o’zbek yigitiga tegishli ekan. Men tanishganimdan xursand bo’lib unga do’ppi kiygizgan edim. Shunda haligi o’zbek yigit: “rahmat, lekin men do’ppini xush ko’rmayman” dedi.Badanimdan sovuq ter chiqib ketdi. Boshidan do’ppini yulqib olmoqchi bo’ldimu, lekin mehmonligim esimga tushib indamay

Yana bir misol. Men bir o’zbekni bilaman. U kishi uzoq yillardan beri Amerikada yashasa ham hech qachon boshidan do’ppisi tushgan emas. U kishi ‘do’ppim mening bayrog’im, men o’zbekligimdan faxrlanaman.” deydi va boshqalarga ham doimo do’ppi kiyib yurishni targ’ib qiladi. Boshqa bir misol. Biz Chikagodagi o’zbeklar turli tadbirlar va bayramlar munosabati bilan vaqti-vaqti bilan yig’ilishib turamiz. Shu yilgi Navro’z bayrami yig’ilishida birovimiz shunday taklif kiritdi. Kelinglar hammamiz Navro’zda (hech bo’lmasa restoran ishida) do’ppi kiyaylik deb. Afsuski o’sha kuni 3-4 ta kishidan boshqaning do’ppi kiyganini ko’rmadim. Sababini so’raganimda ba’zilar menga do’ppi yarashmaydi desa boshqalari do’ppi kiyish shart emas, deyishdi. Xullas o’ylab- o’ylab ushbu mavzuda “Vatandosh” gazetasi orqali vatandoshlarimiz fikrlarini bilishni lozim topdim.

Aziz o\’quvchilar! Do’ppi kiyish uyatmi? Yoki ba’zilar aytganidek do’ppi kiyib o’zbekligimizni bildirish shart emasmi? Sizlar nima deysizlar?