Bolalar oromgohi

Bolalar oromgohi

Oramizda bolalik paytlarida oromgohga bormaganlar bo\’lmasa kerak. Eh! Qanday mazza edi o\’sha damlar. Ayniqsa, \’Artek\’ ga borganlarga boshqa bolalar doim xavas qilardi. Sovet davlati bolalar uchun oromgoh sistemasini yaxshi tashkillashtirgan edi. Afsuski, Amerikada yozgi lagerlarlar unchalik ommabop emas. Ammo, bolalar uchun oromgoh tashkillashtirish bizning qo\’limizdan keladi.

Biz bolalar ormomgohlarini shunday tashkil qilishimiz mumkinki, unga borgan bolalar o\’zlarini huddi O\’zbekistondagidek his qilishlari mumkin. Bunday qilish milliylikni va dinimizni bolalarda saqlab qolish uchun ayni zarur bo\’lgan ish. Ba\’zi ota-onalar yoz paytlari farzandlarini O\’zbekistondagi buvisining uyiga yuborishadi. U yerda bola o\’zbek madaniyati va qadriyatlarini, tilimiz va dinimizni o\’rganadi. Ammo, O\’zbekistonga yuborilmagan bolalarchi? Ota-onalar \’Xa biz bormizku. Uyda o\’zbekcha gapiramiz. O\’zbekchilikni o\’zimiz ham o\’rgataveramiz\’ deb aytishi mumkin. Bu albatta yaxshi. Lekin, bola ota-onasi aytgan hamma narsani ham qabul qilavermaydi. Huddi ota-ona farzandi 40 yoshga to\’lganda ham unga boladek qaragani kabi, farzandlar ham ota-ona qay darajada jiddiy gapirmasin, \’ota-onalik qilyapdida\’ deyishi bor. Ya\’ni gaplarimiz o\’z bolamizga doim ham yetib bormaydi. Shuning uchun, farzandlarimiz boshqa o\’zbek bolalari bilan aralashtirishimiz muhim. Bolalar oromgohining zarurligi yana shundaki, oromgohga borgan bolalar milliy qadriyatlarimizdan tashqari quyidagi narsalarni o\’rganadilar:

1. O\’zbeklarga xos bo\’lgan eng muhim hislatlardan biri bo\’lmish, sotsial hayotni.

2. Omma orasida o\’zini tutishni.

3. Mustaqil qaror chiqarishni.

Xo\’p, zarurligi tushunarli. Tashkillashtirish rejalari qanday bo\’ladi?

Bolalar lagerini, qonuniy va chiroyli qilib uyushtirish bizning qo\’limizdan 100% keladi. Erkaklarimiz moliyaviy va qonuniy taraflarini hal qilsalar, ayollarimiz tarbiyachilikni boplaydilar. Tarbiyachilikga yuqori sinf o\’quvchilari hamda student qizlarimizni ham jalb qilishimiz mumkin.

Avvaliga qisqaroq qilib, masalan, 12-14 kunlik, keyinchalik esa 1 oylik lagerlar yaratishimiz mumkin. Bizning yutug\’imiz shundaki hozircha Chikagoda ozchilikmiz. Ozchilikdan boshlangan ish puxta bo\’ladi. Yillar o\’tib oilalar ko\’paygan sari, bolalar oromgohini tashkil qilish va boshqarish tajribamiz ham oshib boraveradi. Keyinchalik, boshqa shtatlardan ham bolajonlar kelishlari mumkin. Buning uchun birinchi qadamni qo\’ymog\’imiz lozim.

Qardli Chikagoliklar, siz bolalar oromgohi tashkil qilishimizga nima deysiz?