Bugun kimlar kitob o\’qiyapti – Jamshid Eshonxo\’jayev Blogi

Youtubeda Turkiyaga kelin bo\’lib tushgan bir qancha rus qizlarining intervyularini hamda o\’zlari tayyorlagan video parchalarini ko\’rib chiqdim. Biriga ko\’zim tushib qoldi. Keyin ikkinchisi, uchinchisi qilib, bir nechtasini ko\’rdim. Rus qizlarining bu mamlakat haqidagi fikrlari har xil. Albatta, har birining gaplarida Turkiyaning va turk xalqining yaxshi hamda yomon tomonlari keltirilgan. Ammo, bir fikr deyarli hammasining og\’zidan chiqdi. Bu ham bo\’lsa turklarning kam kitob o\’qishi haqida. Biri “Shuncha yashab, biror kishining kitob o\’qiganiga ko\’zim tushmadi” desa, boshqasi, “Juda kam odam kitob o\’qiganini ko\’rdim” deydi. Yana biri “Turklar nuqul choy ichish va gap sotish bilan ovvora ekan” degan fikrda. Bu videolarni bir turk birodarim bilan muhokama qildim. O\’zi kitobxon bo\’lmish juda aqqli bu yigit rus kelinlarining aytgan gaplarini darrov ma\’qulladi. “Afsuski shunday” dedi. Xatto, gaplarimdan ta\’sirlanib, oradan bir necha hafta o\’tib, ma\’rifat xaqida butun boshli dissertaciyaga teng maqola yozib chiqibdi. Uning yozganlarini ham diskussiya qildik. Lekin, bu yerda turk do\’stimning maqolasi haqida gap ketmayapdi. Bu yerda KITOB O\’QISH haqida gap ketyapdi.

Amerikada kitobxonlik darajasi xaqida qilgan 2014 yilgi so\’rovnomasida Pew Research Center keltirgan statistika shuni ko\’rsatadiki, oq tanlilar qora tanlilardan ko\’proq kitob o\’qir ekan. Hispaniklar keyingi o\’rinda ekan. Amerika ayollari bir yilda o\’rtacha 6 ta kitob o\’qisa, erkaklar 4 ta kitob o\’qir ekan. Bakalavr va undan yuqori daraja egalari yiliga 8 ta kitob o\’qishsa bu ko\’rsatgich maktab yoshdagilarda yiliga o\’rtacha 3 taga to\’g\’ri kelar ekan. Eng qizig\’i va men kutgan ko\’rsatgich oiladagi kirimga nisbatan olingan ko\’rsatgichlar bo\’lib chiqdi. Ular quyidagilar:
$30,000 gacha kirim bo\’lgan oilal boshiga yiliga 3ta kitob
$30,000-$50,000 kirimi bo\’lgan oila boshiga yiliga 5ta kitob
$50,000-$75,000 kirimi bo\’lgan oila boshiga yiliga 6ta kitob
$75,000 va undan yuqori kirimli oila boshiga yiliga 8ta kitob
Endi o\’zbeklarga kelsak 🙂
Xo\’sh, o\’zbeklar yiliga o\’rtacha qancha kitob o\’qiydi? O\’zbeklarning yoki O\’zbekistonning kitobxonlik xaqidagi statistik ma\’lumotlarni internetdan topa olmadim. Lekin, mening fikrimcha, bundan yigirma yil oldingi statistikaga qaraganda bugungi kunda o\’zbeklar ko\’proq o\’qiydi. Ammo, bu o\’qishlarning aksariyati kitob o\’qish emas, balki, telefon orqali chala-chulpa o\’qilgan yangiliklarni o\’z ichiga oladi.
O\’zbeklar tarix va madaniyatdagi, til va adabiyotdagi namoyondalarning soni jihatidan, yozma manbaalarning ko\’pligi jihatidan turkiy xalqlar ichida eng yuqori ikkitalikka kiradi desam adashmagan bo\’laman. Vatanimiz bo\’ylab kutubxonalar xamda kitob bosmaxonalari soni ham yomon emas. Ammo, kitobxonligimiz qay darajada? Dunyo pog\’onasida nechinchi o\’rindamiz? Sizlar yiliga nechta kitob o\’qiysizlar? Asosan qanday kitoblar o\’qiysizlar?
Bir narsani aytib qo\’yish kerakki, diskka va komyuterga yozilgan raqamli (cifrovoy) kitoblarni o\’qish yoki eshitish ham kitob o\’qishga kiradi.