Balli Bahodir!

Share on facebook
Facebook
Share on twitter
Twitter
Share on linkedin
LinkedIn

Balli Bahodir!

Shu yilning 20-fevral kuni Viskonsin shtatining Milvoki shahridagi Crown Plaza

mehmonxonasida professional boks bo’yicha hamyurtimiz Bahodir “Baha” Mamajonov

Puerto Rikolik Gilbert Vanegas Sr “El Gardo” ga qarshi jang o’tkazdi. 8 raund davom

etgan ushbu jangda Bahodir Mamajonov ochkolar bo’yicha g’alaba qozondi. Ushbu jangda

shuningdek Chikagodagi bizning o’zbek jamoasining bir guruh muhlislari ham borib uni

qo’llab quvvatlab turishdi.

Bahodir Mamajonov 1987-yilda Farg’ona viloyatida tug’ilgan bo’lib, 2011-yilda birinchi

marta ringga chiqqan. U 20 ta jangdan 18 tasini g’alaba bilan yakunlagan. Bahodir

Mamajonov hozirgi kunda Texas shtatining Xyuston shahrida mashg’ulotlar o’tkazadi.

Balli Bahodir,

Biz Siz kabi yurtdoshlarimiz borligidan faxrlanamiz.