Chikagolik o\’zbeklar faxlanadigan yigit

CHIKAGOLIKLAR FAXRLANADIGAN YIGIT.

 

Deydilarki, odamlar  asosan tabiatan uch toifa  bo\’lishar ekan.

Birinchi toifa odamlar g\’iybatchi  odamlar (Gossip Person)- ular boshqalarni gapini qilishni yaxshi ko\’rishar ekan;

Ikkinchi toifa Savdo Odamlari (Business Person) – Bularni mavzusi faqat biznesdan, puldan iborat ekan.

Va nihoyat uchinchi toifa G\’oyalar kishilari (Person with ideas) – Bular hayotda faqat yangi- yangi g\’oyalar ustida bosh qotirishar ekanlar. Shuningdek bularni Ziyoli(Intelligent) kishilar ham deyishar ekanlar.

Men Jamshid Eshonxo\’jaev to\’g\’risida har gal o\’ylaganimda uni uchinchi toifaga kiritaman. Nega deysizmi? Mana eshiting:

Jamshidjon bizning Chikagolik O\’zbeklar (UAAC) hay\’at a\’zoligiga qo\’shilganiga atigi bir yil bo\’ldi. Mana shu qisqa vaqtda u o\’zining yangi- yangi g\’oyalari bilan jamoamiz obro\’yiga obro\’ qo\’shdi. Albatta bizning hay\’at a\’zolarimiz ko\’ngilli  xolis xizmat qiluvchi fidoiy insonlardan tashkil topgan. Shunday jamoaga Jamshijonni qo\’shilgani esa nur ustiga a\’lo nur bo\’ldi.

Uning tashabbusi bilan biz O\’zbek pazandachigini qardosh xalqlarga namoyish qilish maqsadida \”Palov Kuni\”, Buyuk O\’zbek shoiri va O\’zbek tili asoschisi Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan \”Navoiyxonlik\”, Ulug\’ O\’zbek sarkardasi Amir Temur tug\’ilgan kunga 680 yil to\’lishi munosabati bilan Chikagoliklar o\’rtasida shaxmat musobaqasi kabi bir qancha tadbirlarni o\’tkazdik.

Diqqatga sazovor tomoni shundagi Jamshidjon ushbu tadbirlarni nafaqat taklif qildi, balki uning o\’zi ushbu tadbirlarni o\’tkazishda shaxsiy namuna bo\’ldi, vaqtini va mablag\’ini ayamadi.

Bundan tashqari u Chikago O\’zbek Amerika Assotsiatsiyasining turli tadbirlarini Axborot vositalarida yoritishda (Fasebook, Instagram, Vatandosh, Kun.Uz va boshqalar) ham jonbozlik ko\’rsatmoqda. Uning yaxshigina  jurnalistik talanti bor.

U O\’zi asosan Rus maktabida  ta\’lim olganiga qaramasdan O\’zbek adabiyotini ham yaxshi biladi. Ingliz  tilida ravon gaplashadi. Yaxshi ko\’rgan sporti Boks bilan muntazam shug\’ullanadi.

Bir so\’z bilan aytganda Jamshidjon haqiqiy ziyoli yigit.

Biz- Chikagoliklar Jamshid Eshonxo\’jaevdek safdoshimiz borligidan faxrlanamiz.

 

Olim Sharipov.