Chikagoda dala sayli

Chikago o\’zbek-amerika assotsiatsiyasi 2016-yil ham har yilgi an\’anaga sodiq qolib Xalqaro Bolalar kuniga bag\’ishlangan dala sayliga (piknik) taklif etadi.  Ushu piknik 2016-yil, 4-iyun, shanba kuni Katherine Legge Memorial Parkida bo\’lib o\’tadi. Ushbu park juda toza va yam-yashil maysalar bilan qoplangan. Parkda soya salqin beruvchi katta katta daraxtlar bor. Shuningdek avtomobillarni qo\’yish uchun katta maydon bor. Piknikka barchani taklif etamiz va turli tuman o\’yinlar shaxmat, futbol, volleybol o\’ynash imkoniga ega bo\’lishdan tashqari do\’stlaringiz tanishlarinigz bilan diydor ko\’rishish , bolalar esa bir birlari bilan o\’yin kulgu qilish imkonini boy bermang.

O\’zbekcha palov va kabob (shashlik) tortiladi. Narxlar palov (non, salatlar, tarvuz, ichimliklar bilan birga)  a\’zolar uchun $5,  a\’zo bo\’lmaganlar uchun $7 va kaboblar (shashlik) barcha uchun donasi $3 dan .

Piknikda ishtirok etmoqchi bo\’lsangiz iltimos 2016-yil, 25-maygacha quyidagi telefonlar orqali xabar bering bu bizga taom tayyorlash uchun  odamlar sonini bilishda yordam beradi

Marufjon: 312 927 6000

Eldorjon: 216 385 9528