2016-yil, 22-may, yakshanba kuni Michigan shtatining Detroit shahri hududida baynalminal bolalar festivali bo’lib o’tdi. Ushbu anjumanda 39 mamlakat vakillari ishtirok etdilar va turli mamlakatlar vakillari o’zlarining vatanlarini aks ettiruvchi turli- tuman expozitsiyalarni namoyish etdilar. AQShda yashayotgan turli millat vakillari bir-birlari bilan tanishdilar, axborot almashdilar. Tadbirning ikkinchi qismida festival qatnashchilari turli millatlar bolalari ijrosida tayyorlangan milliy raqslarni tomosha qilldilar. Ayniqsa Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Qirg’iziston , Hindiston bolalari ijrosida bajarilgan milliy raqslar barchaga manzur bo’ldi.
Bu festivalda o’zbeklar nomidan Chikagodagi O’zbek-amerika assotsiyatsiyasi vakillari qatnashdilar.