O\’YLARIM, YOKI JAMIYAT BIZGA NEGA KERAK?

Hurmatli Millatdoshlar,

Ko\’pchiligiz bilasizlar , men ushbu jamoa faoliyatida tashkilot ochilgandan buyon (2009-yildan) ishtirok etib kelmoqdaman. Bu tashkilotdagi rahbarlik mas\’uliyatini esa menga 2013-yil  boshidan  yuklashgan. Albatta , jamiyatimiz ko\’ngilli bo\’lganligi tufayli bunda ishlayotgan barcha hay\’at a\’zolari, jumladan men ham ko\’ngilli, ya\’ni haq olmay ishlaymiz. Maqsadimiz millatga xizmat qilish , ko\’pchilikning duosini olish. O\’tkazayotgan turli tadbirlarimiz sarf-xarajatlari esa Siz azizlarning berayotgan a\’zolik badallaringiz va xayriyalaringiz hisobidan bo\’layapdi. Buning uchun sizlarga o\’zimizning SAMIMIY minnatdorchiligizni bildiramiz.

Shu bilan birgalikda (yutuqlarimiz o\’zimizniki) tashkilotimiz oldida turgan bir qancha muammolar borki, bularni sizlarning YANADA FAOLROQ harakatlaringsiz hal qila olmaymiz.

Shu erda Amerikaga  ko\’chib kelishgan o\’zbeklarimiz haqida qisqacha aytib o\’tsam . Bilishimcha  Qo\’sma Shtatlarda 100 mingdan ortiq o\’zbeklar bor deyishadi. Bular asosan Nyu-Yorkda, va undan keyin Kaliforniyada istiqomat qilishadi. Bizning Chicago va uning atroflarida taxminan 1000-1500 kishi yashashsa kerak. Manimcha Amerikada yashayotgan O\’zbeklar yashash tarzlari  bo\’yicha  hozir taxminan  3 toifaga bo\’linganlar.

Birinchi toifa bu o\’zbeklikni (tili, dini va madaniyatini)   saqlab qolishga harakat qilayotganlar.

Ikkinchisi, xudoga ishonmovchilar – ateistlar. Bular uchun ona tili unchalik muhim bo\’lmasada bolalariga Rus tilini o\’rgatishga harakat qilishadilar  . (Oldingi kommunistlar davridagi o\’zbeklar kabi)

Uchinchi toifa bu  xristian diniga o\’tib  hayot kechirayotganlar. (Ayniqsa Kaliforniyada ko\’p deyishadi).

Xo\’sh biz, qaysi toifaga mansubmiz? Manimcha ko\’pchligimiz birinchi toifaga. (100 foiz deya olmayman, chunki jamiyatimiz qoidalari bo\’yicha biz har qanday e\’tiqoddagi kishilar uchun bag\’rikenglik bilan ish tutamiz).

Shundaykuya, ammo…

Biz yaqinda JAMIYAT BIZGA KERAKMI, AGAR KERAK BO\’LSA NIMAGA KERAK? kabi  savollardan iborat SOROVNOMA o\’tkazdik.

So\’rovnoma 160 kishiga e-mail orqali yuborildi. Savollar, O\’zbek Jamiyati uchun markaz kerakmi, agar kerak bo\’lsa qayerdan bo\’lsin va unda qanaqa tadbirlar o\’tkazilishini xohlar edingiz? kabi savollardan iborat edi. Natija: 29 kishidan  javob keldi, xolos. Bir kishi kerak emas, dedi. (Uning ham bir asosi bordir ,albatta.  Har holda xursand bo\’ldik, javob bergani uchun.). Demak 28 kishi kerak dedi. Bu yaxshi , ammo 130 kishidan umuman javob kelmadi. (Biz so\’rovnomani 2 marta yuborgan edik) Bu nimani ko\’rsatadi? Loqaydliknimi, Befarqliknimi? Agar befarqlik bo\’lsa kimga nisbatan- o\’zigami, bolalari tarbiyasigami, o\’zbekligigami?

Shu o\’rinda yana bir gap. Biz O\’zbek tili va madaniyatini orgatish bo\’yicha Yakshanba kuni darslari tashkil qilganmiz. Wheaton shaharchasida . Ushbu dastur boshlanganiga bir yildan oshqaniga qaramasdan 5-6 oiladan nariga oshmayapdi. Shunisi qiziqki Mount Prospekdan, Oak Lawndan oilalar kelgan holda , O\’zbeklarning asosiy qismi yashaydigan Naperville dan faqat 1-2 oila kelayapdi.

Azizlar,

Albatta har kimning o\’z oldiga qo\’ygan maqsadlari bor: birov ko\’proq pul topay , deydi. Boshqasi bilim olib kattaroq yutuqlarga erishsam deydi. Lekin ko\’pchilikning umumiy maqsadi bitta – bu  bolalar  tarbiyasi. Mening ham 6 ta nevaram Amerikada ulg\’ayishapdi. Bularning kelajagi haqida ko\’p o\’ylayman.

Men xohlaymanki mening avlodlarim Amerikaning yaxshi tomonlarini o\’rgansinlar. Xususan ilg\’or zamonaviy texnologiyani o\’qisinlar. Amerikaliklarni rostguyliklaridan, intizomliliklaridan ibrat olsinlar. Va shu bilan birgalikda ular o\’z ota-onalariga nizbatan hurmat, nonga hurmat, mehmondo\’stlik (haddidan oshmasdan) sharm-hayolik bo\’lish kabi o\’zbeklarga xos qimmatli urf-odatlarini saqlab qolsinlar.

Tasavvur qilaman, ertaga nevaralarim katta bo\’lishsa \”Amerikalashib\” ketishsa, menga salom berishmay o\’tishsa chidarman, mayli gilamga oyoq kiyimlari bilan o\’tishsa, mayli tuflilarini yostqqa qo\’yib turishsa chidarman, 12 yoshlik qiz nevaram kalta ishton kiyib erkalanib tizzamga o\’tirsa biros ezilib bo\’lsa ham chidarman , ammo o\’sha nevaram bugun bu yigitchani, ertaga boshqasini bu mening \”boyfriendim\” deb uyga olib kelaversa – bu endi menga qiyin, undan ko\’ra…  yaxshiroq.

Savol:Xo\’sh nima qilish kerak?

Javob: Jamiyat tizish kerak;

Uning atrofida faol , qattiq billashish kerak;

Bolalarimizni o\’ziga o\’xshagan, biz xohlagan do\’stlarga qo\’shish kerak;

Biz- o\’zbeklarning o\’zimizning madaniyat markazimiz bo\’lishi kerak;

Shu markazda erkak- ayol, kattayu- kichiklarga xos turli tadbirlar o\’tkazib turilishi  kerak;

Shu markaz hamisha gavjum bo\’lishi kerak.

 

Aziz millatdoshlar!

Bu mening  Sizlarga etkazmoqchi bo\’lgan dil so\’zlarim. Anchadan beri aytmoqchi bo\’lib yurgan Qalbim nidolari.

Sizlar nima deysizlar?

Iltimosim, faolroq bo\’lsak va fikr- mulohazalaringizni  quyidagi E-mailga yozib yuborsanglar

sharipovolim@yahoo.com

 

Barchalaringga sog\’lik-omonlik , esgu ishlaringizga ollohdan baraka tilab,

 

Olim Sharipov, UAAC Prezidenti

 

28-Avgust, 2016-yil