YANGI MARKAZ MUBORAK!
Aziz do’stlar,
Shuni quvonch bilan ma’lum qilamizki, 15-Noyabrdan boshlab CHIKAGODAGI O’ZBEK- AMERIKA ASSOTSIYATSIYASI o’z “Madaniyat Markazi” binosiga ega bo’ldi.
Ushbu madaniyat markazida quyidagi tadbirlar o’tkazish yo’lga qo’yiladi:
- Bolajonlarimiz uchun Ona Tili, Odobnoma,Hunarmandchilik darslari;
2.Vatandoshlarni qiziqtirgan turli mavzudagi seminarlar (USAda Soliqlar, Ish topish, O’qish, Sug’urta Sistemasi va boshqa sizlarni qiziqtirgan mavzularda);
- Turli milliy- madaniy tadbirlar (shaxmat va boshqa sport musobaqalari, Til bayrami, Navoiyxonlik kechalari va hokazolar);
HAMMALARINGIZNI YANGI MARKAZ BILAN MUBORAKBOD QILAMIZ.
UAAC Ma’muriyati.
Taklif va mulohazalaringizni kutamiz