DIQQAT TANLOV!
O`zbekiston Respublikasida o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 28 yilligi munosabati bilan, hamda xorijda yashayotgan o‘zbek bolalari qalbida millat, til va vatan tuyg’ularini mustahkamlash maqsadida, Chikago O‘zbek-Amerika Assotsiatsiyasi ENG YAXSHI INSHO tanlovini e’lon qiladi. Ushbu tanlovda xorijda yashovchi o‘zbeklar orasida bo‘lib o‘tadi.
Insho mavzulari quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin:
– Buyuk o‘zbek olimlari.
– Mening kelajakdagi orzu qilgan kasbim.
– Mening Amerikadagi hayotim (yoki Mening Kanadadagi hayotim).-
– Erkin mavzu,
Tanlov 13-16 yoshli bolalar o‘rtasida o‘tkaziladi.
G‘oliblarga quyidagi mukofotlar beriladi.
1chi o‘rinlarga: Amazon Kindle elektron kitob;
2chi o‘rinlarga: Amazon sovg‘a kartasi;
3chi o‘rinlarga: Amazon sovg‘a kartasi;
Insho qabul qilinishi 8-noyabrda to‘xtatiladi va g‘oliblar 18-noyabr kuni e’lon qilinadi.
G‘oliblar aniqlanishida quyidagi omillar e’tiborga olinadi:
– insho yuqorida ko‘rsatilgan mavzularni biriga yozilgan bo‘lishi kerak;
– Insho ma’nosi aniq va ravon bo‘lishi kerak
– Inshodagi grammatika, punktuatsiya hamda leksikologiya hisobga olinadi.
– Inshodagi so‘zlar soni 200-350 atrofida bo‘lishi lozim.
Elektron pochta orqali quyidagi manzilga:
info@uzbekchicago.org
Omad sizga yor bo‘lsin, aziz bolalar!
Chikagodagi O‘zbek-Amerika Assotsiatsiyasi.