Balli, chikagoliklar!

Balli Chikagoliklar

Shu yilning 2-dekabr kuni Chikagodagi o\’zbek madaniyat markazida O\’zbek amerika jamiyati fondi uchun hayriya mablag\’i yig\’ish kechasi bo\’lib o\’tdi. Kechada yuzga yaqin kishi qatnashdi. Tadbirda jamiyatning bir yillik faoliyati yakunlari haqida axborot tinglandi va 2018-yilgi rejalar muhokama qilindi. Kelgusi yilda o\’zbek tili va odobmoma darslari bilan birgalikda vatandoshlar uchun matematika, qur\’on darslari va shuningdek yangi kelganlar uchun ingliz tilini o\’rganish (ESL) kurslari tashkil qilish haqida kelishib olindi.

So\’zga chiqqanlar o\’zbek madaniyat markazi binosi olinganligi yaxshi bo\’lganligi va bolalarimizni o\’z ona tillarini unutmasliklari uchun tashkil qilingan darslar samara berayotganligini, jamiyat hay\’at a\’zolari faol ishlayotganliklarini qayd qilishdi. Kecha ishtirokchilari o\’zbek maktabi bolalari ijrosida sher\’lar tinglashdi. Hofiz Ozodbek Tursunov ijrosidagi mumtoz kuy-qo\’shiqlardan bahramand bo\’lishdi. Tadbir so\’ngida bir necha daqiqada bir necha o\’n ming dollarlik mablag\’ yig\’ilganligi chikagolik o\’zbeklarning faoliyatlariga ishonch ortayotganligini ko\’rsatdi.

Balli chikagoliklar!

Olim Sharipov