2019-yil, 22-martda O’zbekistonning Nyu Yorkdagi Bosh konsulxonasining Illinoisda sayyor konsullik hizmati o’tkaziladi.

Barcha O’zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Shu yilning 22 mart kuni soat 5:00 PM da,
O’zbekiston Respublikasining Nyu Yorkdagi konsuli Ulugbek Axmedov quyidagi mavzuda uchrashuv o’tkazadi:

  1. AQSHda istiqomat qilayotgan O’zbekiston fuqarolarining pasportlarini almashtirish tartibi;
  2. AQSH fuqaroligini olgan O’zbekiston fuqarolari uchun maslahatlar va O’zbekistonga borish tartibi;
  3. AQSHda tugilgan o’zbek farzandlari uchun O’zbekistonga borish tartibi;
  4. Vaqtinchalik va doimiy konsullik ro’yhati haqida umumiy ma’lumotlar;
  5. O’zbekiston fuqarosi pasporti muddati o’tgan, yo’qolgan yo’ki yaroqsiz holga kelganda O’zbekistonga qaytish tartibi va boshqalar;
  6. O’zbekiston qonunchiligiga kiritilgan va kiritilayotgan o’zgarishlar bilan tanishtiriladi hamda fuqarolarni qiziqtirgan boshqa savollarga javob beriladi;
  7. Chet elda doimiy yashashga O’zbekiston vakolatli organlaridan ruhsat olish tartibi va Konsulhonada Konsullik ruyhatga turish masalasi;
  8. O’zbekiston fuqaroligidan chiqish va yo’qatish tartibi;
  9. Yo’qolgan hujjatlarni tiklash va O’zbekistondan yangisini keltirish tartibi (tugilganlik haqida guvohnoma, nikoh haqida guvohnoma, o’lim haqida guvohnoma, ajrim haqida guvohnomalar);
  10. Chet el fuqarolarining O’zbekistonga osonlashtirilgan tartibda borishlari tartibi.
    Tadbir davomida quyidagi konsullik harakatlarni amalga oshirsa bo’ladi:
    Notarial xarakatlarni amalga oshirish;
    Doimiy Konsullik ro’yhatga turish;
    Fuqarolikdan chiqish uchun hujjatlarni topshirish;
    Fuqarolikni yo’qatish uchun hujjatlarni topshirish;
    Talabalarni vaqtinchalik ro’yhatga olish;
    Yo’qolgan hujjatlarni tiklash uchun arizalar topshirish.

Shu bilan birga tadbir davomida passport rasmiylashtirishdan tashqari boshqa hamma konsullik harakatlarni amalga oshirsa bo’ladi.

Share on facebook
Share on twitter
Share on email