2019-yil, 22-martda O\’zbekistonning Nyu Yorkdagi Bosh konsulxonasining Illinoisda sayyor konsullik hizmati o\’tkaziladi.

Barcha O\’zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Shu yilning 22 mart kuni soat 5:00 PM da,
O\’zbekiston Respublikasining Nyu Yorkdagi konsuli Ulugbek Axmedov quyidagi mavzuda uchrashuv o\’tkazadi:

  1. AQSHda istiqomat qilayotgan O\’zbekiston fuqarolarining pasportlarini almashtirish tartibi;
  2. AQSH fuqaroligini olgan O\’zbekiston fuqarolari uchun maslahatlar va O\’zbekistonga borish tartibi;
  3. AQSHda tugilgan o\’zbek farzandlari uchun O\’zbekistonga borish tartibi;
  4. Vaqtinchalik va doimiy konsullik ro\’yhati haqida umumiy ma\’lumotlar;
  5. O\’zbekiston fuqarosi pasporti muddati o\’tgan, yo\’qolgan yo\’ki yaroqsiz holga kelganda O\’zbekistonga qaytish tartibi va boshqalar;
  6. O\’zbekiston qonunchiligiga kiritilgan va kiritilayotgan o\’zgarishlar bilan tanishtiriladi hamda fuqarolarni qiziqtirgan boshqa savollarga javob beriladi;
  7. Chet elda doimiy yashashga O’zbekiston vakolatli organlaridan ruhsat olish tartibi va Konsulhonada Konsullik ruyhatga turish masalasi;
  8. O’zbekiston fuqaroligidan chiqish va yo’qatish tartibi;
  9. Yo’qolgan hujjatlarni tiklash va O’zbekistondan yangisini keltirish tartibi (tugilganlik haqida guvohnoma, nikoh haqida guvohnoma, o’lim haqida guvohnoma, ajrim haqida guvohnomalar);
  10. Chet el fuqarolarining O\’zbekistonga osonlashtirilgan tartibda borishlari tartibi.
    Tadbir davomida quyidagi konsullik harakatlarni amalga oshirsa bo’ladi:
    Notarial xarakatlarni amalga oshirish;
    Doimiy Konsullik ro’yhatga turish;
    Fuqarolikdan chiqish uchun hujjatlarni topshirish;
    Fuqarolikni yo’qatish uchun hujjatlarni topshirish;
    Talabalarni vaqtinchalik ro’yhatga olish;
    Yo’qolgan hujjatlarni tiklash uchun arizalar topshirish.

Shu bilan birga tadbir davomida passport rasmiylashtirishdan tashqari boshqa hamma konsullik harakatlarni amalga oshirsa bo’ladi.