Barcha O\’zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Shu yilning 22 mart kuni soat 5:00 PM da,
O\’zbekiston Respublikasining Nyu Yorkdagi konsuli Ulugbek Axmedov quyidagi mavzuda uchrashuv o\’tkazadi:
- AQSHda istiqomat qilayotgan O\’zbekiston fuqarolarining pasportlarini almashtirish tartibi;
- AQSH fuqaroligini olgan O\’zbekiston fuqarolari uchun maslahatlar va O\’zbekistonga borish tartibi;
- AQSHda tugilgan o\’zbek farzandlari uchun O\’zbekistonga borish tartibi;
- Vaqtinchalik va doimiy konsullik ro\’yhati haqida umumiy ma\’lumotlar;
- O\’zbekiston fuqarosi pasporti muddati o\’tgan, yo\’qolgan yo\’ki yaroqsiz holga kelganda O\’zbekistonga qaytish tartibi va boshqalar;
- O\’zbekiston qonunchiligiga kiritilgan va kiritilayotgan o\’zgarishlar bilan tanishtiriladi hamda fuqarolarni qiziqtirgan boshqa savollarga javob beriladi;
- Chet elda doimiy yashashga O’zbekiston vakolatli organlaridan ruhsat olish tartibi va Konsulhonada Konsullik ruyhatga turish masalasi;
- O’zbekiston fuqaroligidan chiqish va yo’qatish tartibi;
- Yo’qolgan hujjatlarni tiklash va O’zbekistondan yangisini keltirish tartibi (tugilganlik haqida guvohnoma, nikoh haqida guvohnoma, o’lim haqida guvohnoma, ajrim haqida guvohnomalar);
- Chet el fuqarolarining O\’zbekistonga osonlashtirilgan tartibda borishlari tartibi.
Tadbir davomida quyidagi konsullik harakatlarni amalga oshirsa bo’ladi:
Notarial xarakatlarni amalga oshirish;
Doimiy Konsullik ro’yhatga turish;
Fuqarolikdan chiqish uchun hujjatlarni topshirish;
Fuqarolikni yo’qatish uchun hujjatlarni topshirish;
Talabalarni vaqtinchalik ro’yhatga olish;
Yo’qolgan hujjatlarni tiklash uchun arizalar topshirish.
Shu bilan birga tadbir davomida passport rasmiylashtirishdan tashqari boshqa hamma konsullik harakatlarni amalga oshirsa bo’ladi.