Dunyoga mashhur o’zbekistonlik pianinochi Behzod Abduraimov nufuzli “Chicago Symphony Orchestra” markazida o’zining yakkahon kontsert dasturini namoyish qildi.

Share on facebook
Facebook
Share on twitter
Twitter
Share on linkedin
LinkedIn

Bugun dunyoga mashhur O’zbekistonlik pianinochi Behzod Abduraimov nufuzli “Chicago Symphony Orchestra” markazida o’zining yakkahon kontsert dasturini namoyish qildi. Eslatib o’tamiz bu millatdoshimiz Toshkentdagi Uspenski nomli musiqa maskanida ta’lim olgan va 18 yoshida Londonda o’tkazilgan Halqaro Pianino Musobaqasida faxrli oliy o’rinni egallagan. Millatdoshimiz Behzod Abduraimov butun dunyo bo’ylab o’z kontsert dasturlarini berib kelmoqda. Kontsert dasturiga UAAC vakillari va boshqa millatdoshlarimiz ham tashrif buyurishdi. Behzod Abduraimovning ijodlarida omad tilaymiz va Chikagoda yana intizorlik bilan kutib qolamiz.