Barcha O’zbekiston fuqarolari diqqatiga!
Shu yilning 22 mart kuni soat 5:00 PM da,
O’zbekiston Respublikasining Nyu Yorkdagi konsuli Ulugbek Axmedov quyidagi mavzuda uchrashuv o’tkazadi:
- AQSHda istiqomat qilayotgan O’zbekiston fuqarolarining pasportlarini almashtirish tartibi;
- AQSH fuqaroligini olgan O’zbekiston fuqarolari uchun maslahatlar va O’zbekistonga borish tartibi;
- AQSHda tugilgan o’zbek farzandlari uchun O’zbekistonga borish tartibi;
- Vaqtinchalik va doimiy konsullik ro’yhati haqida umumiy ma’lumotlar;
- O’zbekiston fuqarosi pasporti muddati o’tgan, yo’qolgan yo’ki yaroqsiz holga kelganda O’zbekistonga qaytish tartibi va boshqalar;
- O’zbekiston qonunchiligiga kiritilgan va kiritilayotgan o’zgarishlar bilan tanishtiriladi hamda fuqarolarni qiziqtirgan boshqa savollarga javob beriladi;
- Chet elda doimiy yashashga O’zbekiston vakolatli organlaridan ruhsat olish tartibi va Konsulhonada Konsullik ruyhatga turish masalasi;
- O’zbekiston fuqaroligidan chiqish va yo’qatish tartibi;
- Yo’qolgan hujjatlarni tiklash va O’zbekistondan yangisini keltirish tartibi (tugilganlik haqida guvohnoma, nikoh haqida guvohnoma, o’lim haqida guvohnoma, ajrim haqida guvohnomalar);
- Chet el fuqarolarining O’zbekistonga osonlashtirilgan tartibda borishlari tartibi.
Tadbir davomida quyidagi konsullik harakatlarni amalga oshirsa bo’ladi:
Notarial xarakatlarni amalga oshirish;
Doimiy Konsullik ro’yhatga turish;
Fuqarolikdan chiqish uchun hujjatlarni topshirish;
Fuqarolikni yo’qatish uchun hujjatlarni topshirish;
Talabalarni vaqtinchalik ro’yhatga olish;
Yo’qolgan hujjatlarni tiklash uchun arizalar topshirish.
Shu bilan birga tadbir davomida passport rasmiylashtirishdan tashqari boshqa hamma konsullik harakatlarni amalga oshirsa bo’ladi.