O’zbekistonning Nyu York shahridagi Bosh konsuli tashrif buyurdi.

2019 yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
O\’zbekistonning barcha fuqarolari, shu jumladan xorijda AQSh va Amerika qit\’asining boshqa davlatlarida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolari uchun bo‘lajak saylovlarda o‘z xohish-irodasini bildirishlari uchun teng sharoitlarni ta‘minlash maqsadida O\’zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh Konsulxonasi qoshida 33- sonli saylov uchastkasi tuzildi hamda Filadelfiya (Pensilvaniya shtati), Sietl (Vashington shtati), San-Fransisko (Kaliforniya shtati), Chikago (Illinoys shtati) va Bruklin (Nyu-York shtati) shaharlarida muddatidan avval saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.
13-dekabr kuni UAAC Chicagodagi o’zbeklar markazida muddatidan avval saylov bo’lib o’tdi. Saylovda vatandoshlarimiz faol ishtirok etishdi. Saylov jarayonidan keyin ular bilan O’zbekistonning Nyu York shahridagi Bosh Konsulxonasi Bosh konsuli Kamol Ikromov, konsul Qahramon Dalimovlar bilan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Vatandoshlarimiz quyidagi savollarga yetarli javoblar olishdi:

  • AQShda doimiy yashashga qolish bo’yicha hujjatlarini rasmiylashtirish;
  • Doimiy va vaqtinchalik konsullik ro\’yxatiga olish;
  • O\’zbekiston fuqaroligidan chiqish uchun tegishli hujjatlarni topshirish masalalari;
  • O\’zbekiston fuqaroligini yo’qotish masalalari;
  • AQSh hududida tug\’ilgan o\’zbek farzandlariga Vatanga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish masalalari;
  • Turli notarial harakatlar;
  • O\’zbekistondan hujjatlarni talab qilib olish masalalari;
  • O\’zbekiston fuqaroligiga mansublikni tekshirish masalalari va boshqalar;

Bundan tashqari vatandoshlarimizni qiziqtirgan boshqa savollarga ham batafsil javoblar berildi.#saylov2019 #uzbekchicago #uzbekistan🇺🇿 #uzbeksinusa @ Uzbek American Association of Chicago