🇺🇿 Chikagoda katta Iftor va mablag’ yig’ish kechasi, o’zbekistonlik ustozlar tashrifi.

Chikagoda katta Iftor va mablag’ yig’ish kechasi.24 aprel , Yakshanba kuni Chikago O’zbek Amerika Assotsiyatsiyasi tomonidan Imom Al- Buxoriy Islom va madaniyat markazi uchun mablag’ yig’ish kechasi- iftor bo’lib o’tdi. Kechada 400 ga yaqin mehmonlar ishtirok etishdi. Saxovatpesha dindosh birodarlarimiz tomonidan bu loyiha uchun 2 millionga yaqin mablag’ yig’ishga va’da olindi. Ushbu mablag’ yig’ilishida o’z hissalarini qo’shgan barchaga o’zimizning samimiy minnatdorchiligizni bildiramiz. Alloh Subhana va Taalo Muborak Ramazon oyida qilgan ehsonlarini dargohiga qabul qilgan bo’lsin, omiyn!Shuningdek, iftor kechasida O’zbekistondan kelgan 8 nafar diniy olimlar tashrif buyurishdi. Ulamolarning mazmunli ma’ruzalari, diniy mavzudagi savol- javoblar uchrashuv qatnashchilariga katta taassurot qoldirdi. Kecha juda shukuhli tarzda o’tdi. Mehmonlarimizga barcha chikagoliklar nomidan chin qalbdan tashakkurlar aytamiz. Alloh ularning ilmlarini yanada ziyoda qilishini va safarlari bexatar bo’lishini istab qolamiz. Chikagodagi O’zbek Amerika Assotsiyatsiyasi kengash a’zolari