Chikagoda an’anaviy yillik o’zbek dala bo’lib o’tdi

Dala sayli axboroti.

1 -Iyul Kuni Chikago atrofidagi Katerina istirohat bo’g’ida Chikagolik O’zbeklarrning 1- yillik dayli sayli bo’lib o’tdi. Ushu anjuman Chikagodagi O’zbek-Amerika Jamiyati tomonidan tashkil qilindi.

Ushbu anjumanda o’zbeklardan tashqari mahalliy amerikaliklar va  sobiq Sovet Respublikalari vakillaridan iborat 300 ga yaqin kishi qatnashdi. Dala sayliga Wiskonsin, Indiana va boshqa shtatlardan mehmonlar tashrif buyurishdi.

Tadbirda ona tillari O’zbek tili bo’lmagan qatnashchilar uchun ” Siz O’zbekiston va O’zbeklar haqida nima deya olasiz?” degan temada o’zbek tilida musobaqa bo’lib o’tdi.

O’zbek tilida chiroyli gapirgan mehmonlarga esdalik sovg’olari topshirildi.

Shuningdek, Dala saylida  Voleybol, futbol o’yinlari tashkil qilindi.

Yig’ilganlar o’zbek taomlaridan Palov va shashlik tanovul qilishdi, o’zaro tanishishib maroqli suhbatlar qurishdi.

Bolajonlar esa mazza qilib o’ynashdi.

Xullas, ushbu dala sayli maroqli va esda qolarli bo’lib o’tdi. 

Editorial Team

Editorial Team

Share this article

Share on facebook
Share on twitter
Share on odnoklassniki