500 kitob loyihasi

Chikago va Chikago atrofida yashaydigan millatdoshlarimizni “500ta Kitob O’qish” loyihasiga taklif qilamiz.

Loyihadan maqsad? Qaysi tilda bo’lishidan qat’iy nazar, millatdosh va vatandoshlarimiz orasida kitobga bo’lgan muhabbatni yanada kuchaytirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish va yoshlar o’rtasida savodxonlikni oshirish.

Necha yoshdagilar uchun? 1 oylik chaqaloqdan 99 yoshgachan.

Kitoblarni qayerdan olamiz? Kutubxonalardan, maktabdagi darsliklardan yoki O’zbek markazi kutubxonasidan.

500 Kitob O’qish dasturiga qatnashmoqchimisiz? U holda quyidagi bosqichlarni bajaring:

  1. Ro’yxatdan o’ting: Mana bu emailga (info@uzbekchicago.org) yoki 500kitob telegram kanaliga (t.me/uaacbook) o’zingiz yoki farzand(lar)ingiz to’g’risida quyidagi ma’lumotlarni yuboring: ism, familiya, nechanchi sinf yoki yoshi, emailingiz. Ushbu ma’lumotlarni qabul qilganimizdan keyin, sizga o’qishingizni kuzatib borish uchun kerakli formani yuboramiz.
  1. O’qishingizni kuzatib boring: Har bitta o’qilgan kitobni biz yuborgan formaga belgilab boring.
  1. O’zbek yoki ingliz tili bo’lishi shart emas. Kitob o’qish yoki savodxonlik til tanlamaydi. Qaysi til bo’lishidan qat’iy nazar, kitob o’qib ushbu loyihada qatnashishingiz mumkin.
  1. Qanday kitoblarni o’qishim mumkin? Quyidagi hujjatda shu savol bo’yicha bir nechta takliflarni tavsiya qilganmiz.
  1. G’oliblarga maxsus sovg’alarimiz bor: 2019 yil oxirigachan eng ko’p kitob o’qigan o’quvchilar uchun, quyidagi sovg’alarimiz bor.

0-6 yoshdagilar uchun:                          Barnes & Noble Gift Card: $100

7-10 yoshdagilar uchun:                       Barnes & Noble Gift Card: $100

11-14 yoshdagilar uchun:                     1chi o’rin: Kindle [paperback];

2chi o’rin: Amazon gift card $100;

3chi o’rin: Amazon gift card $50

15-99 yoshdagilar uchun:                     1chi o’rin: Amazon gift card $150

2chi o’rin: Amazon gift card $100

3chi o’rin: Amazon gift card $50

  1. Savollar bormi? Ushbu telegram gruppasiga obuna bo’ling t.me/uaacbook yoki bizga email qiling: info@uzbekchicago.org
Necha Yoshdagilar?Nechta Kitob va Qanday Kitob?Kitob o’qiganimni qanday isbotlayman?
chaqaloqdan – 6 yoshgachan 500ta kitob Yosh bolalar uchun mo’ljallangan kam varroqli va rasmi ko’p kitoblar; Quyidagi kitoblarni bolalar sevib tinglashadi/o’qishadi. Masalan:·       (o’zbek) Bo’girsoq; Zumrad va Qimmat;·       (English) Very Hungry Caterpillar; Five Little Monkeys;  Short stories by Dr. Seuss and others; Ushbu yoshdagi bolalarga asosan ota-onalar yoki kattaroq opa/akalar o’qib beradilar. Har bitta o’qilgan kitobni biz yuborgan formaga belgilab boring. Har 100ta kitob o’qigandan keyin, sizga yuborilgan formani to’ldirib uni info@uzbekchicago.org (email) yoki  t.me/uaacbook (telegram) adresiga jo’nating. 2019chi yilning oxirigachan quyidagi formalarni bizga to’ldirib yuborishingiz kerak. BOOKS: 1-100BOOKS: 101-200BOOKS: 201-300BOOKS: 301-400BOOKS: 401-500 Eslatma: Farzandingizga bitta kitobni 10 marta o’qib chiqsangiz, demak farzandingiz ‘10ta’ kitob o’qigan hisoblanadi. Audiokitoblarni eshitish ham kitob o’qishga kiradi.Kutubxonachi tomonidan o’qib berilgan kitoblar ham kitob o’qishga kiradi. 
7 yoshdan –10 yoshgachan50ta kitob– Har bitta kitob 50 betdan kam bo’lmasligi kerak;– “chapter books” ya’ni rasmi kam bo’lgan va ‘intermediate’ o’quvchilar uchun mo’ljallangan kitoblar. Masalan:·       (o’zbek) Tarbiya Soati ertaklari (akademnashr); O’zbek halq ertaklari (Davr Nashriyoti);  ·       (English) Owl Diaries; Diaries of a Wimpy Kid; Harry Potter; Stories by Roald Dahl and others; Ushbu yoshdagi bolalar asosan o’zlari mustaqil ravishda kitob o’qiydilar. Lekin, ota-onalar yoki kattaroq opa/akalar ham bu yoshdagi bolalarga yordam sifatida kitob o’qib berishlari foydalidir. Har bitta o’qilgan kitobni biz yuborgan formaga belgilab boring. Har 10ta kitob o’qigandan keyin, sizga yuborilgan formani to’ldirib uni info@uzbekchicago.org (email) yoki  t.me/uaacbook (telegram) adresiga jo’nating. 2019chi yilning oxirigachan quyidagi formalarni bizga to’ldirib yuborishingiz kerak. BOOKS: 1-10BOOKS: 11-20BOOKS: 21-30BOOKS: 31-40BOOKS: 41-50 Eslatma: O’quvchi maktab tomonidan talab qilingan yoki maktab darsligi sifatida o’qiladigan online, audio yoki odatiy kitoblarni ham qayd qilishi mumkin. 
11 yoshdan –14 yoshgachan 24ta kitob – Har bitta kitob 150 betdan kam bo’lmasligi kerak;– o’qiladigan kitoblar “higher-intermediate” yoki “advanced” darajasidagi o’quvchilar uchun bo’lishi kerak;·       (o’zbek) Sariq Devni Minib; O’tgan kunlar·       (English) The Giver; Divergent; Wonder;Bu yoshdagi kitobhonlar mustaqil ravishda kitob o’qiydilar. Har 4ta kitob o’qigandan keyin, sizga yuborilgan formani to’ldirib uni info@uzbekchicago.org (email) yoki  t.me/uaacbook (telegram) adresiga jo’nating. 2019chi yilning oxirigachan quyidagi formalarni bizga to’ldirib yuborishingiz kerak. BOOKS: 1-4BOOKS: 5-8BOOKS: 9-12BOOKS: 13-16BOOKS: 17-20BOOKS: 21-24 Eslatma: O’quvchi maktab tomonidan talab qilingan yoki maktab darsligi sifatida o’qiladigan online, audio yoki odatiy kitoblarni ham qayd qilishi mumkin.
15 yoshdan – 99 yoshgachan 12ta kitob – Katta yoshdagilar yoki ‘advanced’ darajasidagi kitobxonlar uchun yozilgan kitoblar. Masalan:·       (o’zbek) O’tgan Kunlar; Odamiylik Mulki; Daftar Hoshiyasidagi Bitiklar;  ·       (English) Rich Dad, Poor Dad; Educated; (Biographies);   Bu yoshdagi kitobhonlar mustaqil ravishda kitob o’qiydilar. Quyidagi tillarda (o’zbek, rus,inglz) chop qilingan kitoblar hisobga olinadi.  Har o’qilgan 1ta kitob yoki 1ta audiokitobdan keyin, bizga o’qigan kitobingiz to’g’risida qisqa insho yozib(1 yoki 2 paragraf) ushbu email info@uzbekchicago.org yoki t.me/uaacbook (telegram) adresiga jo’nating. BOOK: 1BOOK: 2BOOK: 3BOOK: 4BOOK: 5BOOK: 6BOOK: 7BOOK: 8BOOK: 9BOOK: 10BOOK: 11BOOK: 12
Ulugbek Nur

Ulugbek Nur

Share this article

Share on facebook
Share on twitter
Share on odnoklassniki