AQShda daromad soliqlari-Olim Sharipov blogi

“Mening  tushunishim qiyin bo’lgan eng murakkab narsa bu-soliqdir”

Albert Eyneshteyn

AQSH da soliqlar boshqarmasi (IRS)bu mamlakatning moliyaviy vazirligiga(Department of Treasure )qarashli bo’lib,soliq ishlari bo’yicha jahonning eng mukammal sistemalaridan hisoblanadi. Faqat 2010 moliyaviy yilning o’ziga soliqlar boshqarmasi 2.3 trillion dollar daromad qilgan, 230 million soliqlar deklaratsiyasini bajarilgan.

Soliq boshqarmasining maqsadlari:

-Soliq to’lovchilarga ularning huquq va majburiyatlarini to’g’ri bajarishlari uchun yuqori sifatli xizmat kursatish;
-Soliq qonunlarini adolatli bajarilishini ta’minlash.
-AQSH da soliq to’lovchilarning soliq qonunlariga rioya qilishlarini talab qilish va qonunlarni qabul qilish bilan congress shug’ullanadi.

Soliq to’lovchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:

-Soliqlar boshqarmasining vakili siz bilan muloqotda bo’lgan paytda sizning huquqlaringizni tushintiriishi kerak;
-Soliqlar boshqarmasi(IRS)sizga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni boshqa bir  shaxsga yoki boshqa maqsad yolida oshkor qilmasligi kerak;
-Siz bilan xushmuomala munosabatda bo’lishi kerak;
-Soliqlaringiz buyicha siz o’zingizni himoya qilishingiz mumkin yoki soliqlar boshqarmasining  ruxsatnomasiga ega bulgan shaxs:
A)Advokat (Attorney)
B)Diplomga ega bo’lgan xisobchi –revizor.
C)AQSH soliq boshqarmasining ro’yxatidan o’tgan vakil(Enrolled Agent) orqali bajarishingiz mumkin.
Siz faqatgina to’gri hisoblangan soliqlarni to’lash uchun javobgarsiz. Agar siz mazkur soliq summasini  bir vaqtning o’zida to’lay olishga imkoniyatingiz bo’lmasa  sizga oyma –oy to’lab borishingiz uchun imkoniyat yaratiladi va ruxsat beriladi.

Soliq sistemasining asoslari

AQSHda doimiy yashovchi,daromadga ega bo’lgan va ma’lum talablarga javob bera oladigan har qanday shaxs soliq deklaratsiyasini to’ldirishga javobgardirlar. Bu narsa shaxsning immigrantlik statusiga emas balki daromadiga bog’liqdir.Soliq deklaratsiyasini  har yilda bir marotaba 15 aprelgacha bo’lgan muddatdan kechiktirmasdan to’ldirilishi kerak.
2012 yilda soliqlar uchun asosan quyidagi o’zgartirishlar kiritildi.
-Kishi boshiga umumiy daromaddan ajratib tashlanadigan yengilliklar(lgota) $3800.(2011 yil uchun $3700)
Standart ushlamalar :
-Er-xotin uchun $11.900 (2011 yilda $11600);
-Yakka tartibda bo’lsa $5950 (2011 yilda $5800).
– Va boshqalar.

Umuman olganda AQSHda soliqlar sistemasi ancha mukammal va adolatlidir.

Kamina ham shu sohaga juda qiziqib qolib 5 yildan buyon soliqlar sohasini o’rganib kelmoqdaman. O’zimning xususiy biznesim bo’lganligi sababli dastlab  Turbo TAX programmasi bilan ishlay boshladim. Undan keyin H&R Block kompaniyasiga tegishli kursga kirib o’qib,maxsus soliq hisoblashga haqli sertifikatga ega bo’ldim.Keyinchalik ATX,USA TAX,Tax Act kabi soliqlarni hisoblashga muljallangan dasturlar bilan ishladim.O’tgan 2012 yilda bir qancha kishilarga, xususan  O’zbekistonlik vatandoshlarimizning ham daromad soliqlarini hisoblab berdim.Bu yil ham shu sohada faoliyatimni davom ettirayapman. Vatandoshlarimizdan kimda kim  daromad soligini hisoblashda biror bir savol yoki ko’mak kerak bo’lsa ,marhamat mening telefon raqamim: (708)415 17 43 yoki quyidagi e-mail orqali bog’lanishingiz mumkin:sharipovolim@yahoo.com
Olim Sharipov,
Chicago

Editorial Team

Editorial Team

Share this article

Share on facebook
Share on twitter
Share on odnoklassniki