Hayriya qilish uchun quyidagi to'lov vositalari mavjud.

Hurmatli dindosh millatdoshlar,

Olloh Taologa behisob shukurlar bo’lsinki,  Chikago  va uning atrofida yashovchi millatdoshlarimiz uchun AJOYIB bir bino sotib olish imkoniyatiga ega bo’lib turibmiz. 

Ushbu bino quyidagi ko’rsatgichlarga ega:

Masjid

200 kishilik namozxonni sig'dira oladigan masjid

Maydoni

Ja’mi maydoni 23,000 kvadrat fut (2,136 kvadrat metr)

Maktab Binosi

Sakkiz xonadan (har bir xona ikkiga ham bo’linadi) iborat 2 qavatli maktab binosi

Sport zali

Turli xil sport o'yinlariga moslashgan katta sport zali

Oshxona va banket zali

150 dan ortiq kishiga mo'ljallangan oshxona-banket zali

Avtomobil turar joyi

45 avtomobilga yetadigan avto turargoh (Parking)

Hovli uy

2000 kvadrat futlik 2 qavatli, 5 xonali (Garaji bilan) hovli joy.

Biznes ofislari

Biznesslar uchun ofis-xonalar

Hayriya qilish uchun quyidagi to'lov vositalari mavjud.

zelle: aicc@uzbekchicago.org

Previous
Next

Bino quyidagi maqsadlarda ishlatiladi.

To’liq masjid faoliyatini amalga oshirish;

Bolalarimiz uchun Qur’on  va til (O’zbek va tojik tillarida) darslari tashkil qilish;

Sport zalida turli sport mashg’ulotlari o’tkazish va o’rgatish;

Turli milliy va diniy bayramlarni nishonlash.;

Har xil an’anaviy tadbirlar o’tkazish; (Aqiqa, ehsonlar va boshqalar)

Farzandlarimiz uchun bolalar bog’chasi tashkil qilish;

Oshxonada milliy taomlar tayyorlash va o’rgatish kurslari tashkil qilish va hokazolar.