UAAC Haqida

Tashkilot haqida

Chikago o’zbek amerika assotsiatsiyasi Qo’shma Shtatlardagi 501 (c) (3)( 26 USC) toifadagi notijorat tashkiloti bo’liB 2009-yilda Sirojiddin Nasafi tomonidan Chikago shahrida asos solingan. Ushbu notijoriy tashkilot oldiga quyidagi maqsadlarni qo’ygan:

  • Yurtdoshlarimiz, millatdoshlarimiz orasida o’zbek tili va madaniyatini saqlab qolish va rivojlantirish
  • Qo’shma Shtatlari o’zbek milliy va diniy bayramlarini nishonlash tashkillashtirish
  • Yangi kelgan immigranlarga yordam ko’rsatish, ularning ish topishi, uy joy topishida hujjatlarni tayyorlashda, yo’l yo’riq ko’rsatish,
  • Chikagolik o’zbek bolalar uchun darslar tashkil etish. Ularning o’zbek tili va madaniyatini saqlab qolib rivojlantirishga ko’maklashish. 
  • Chikagodagi O’zbek Amerika Assostiatsiyasi yuqoridagi faoliyatlar bilan cheklanmay shuningdek qonunda ruxsat etilgan boshqa faoliyatlarni ham amalga oshiradi. 

Tashkilotimiz chikagodagi a’zolarimiz tomonidan ochiq va oshkora saylanadigan prezident va hay’at a’zolari tomonidan ko’ngilli ravishda boshqariladi. Jamiyat hayotiga oid muhim masalalar shuningdek kelgusi tadbirlar har oy o’tkaziladigan majlislarda muhokama qilinadi. Hay’at a’zolari hizmatlari uchun hech qanday haq olmaydilar. Agar siz jamiyatimiz uchun o’z xissangizni qo’shmoqchi bo’lsangiz uning faoliyati uchun qandadir g’oyalaringiz bo’lsa bizga murojaat qiling.

Chikago o'zbek madaniyat markazi

Markaz binosi asosiy idora, mehmonxona, 4 ta darsxona,  anjumanlar zali,  bolalar uchun yirik zal va oshxona, ombordan iborat.  Anjumanlar zali barcha audio-video texnika bilan jihozlangan. Asosiy kiraverish zalida o’zbek madaniyatiga oid kichik muzey ham tashkil etilgan.

Madaniyat markazi eshiklari barcha uchun ochiq, tashrif buyurmoqchi bo’lganlar oyning yakshanba kunlari soat 9:00 dan 13:00 gacha oldindan xabar qilmay kelishlari mumkin. Haftaning boshqa kunlari kelmoqchi bo’lganlar info@uzbekchicago.org  orqali email yozing yoki  

(708) 688-9235 raqami orqali biz bilan bog’laning. 

Assotsiatsiya hay'at a'zolari

Olim Sharipov – Prezident va bosh ijro raisi

Farruh Shamsutdinov – Vitse- Prezident

Eldor Ashurov –  xisobchi va g’aznachi

Gulshanbek Toktobaev – Maslahatchi

Markaz binosi asosiy idora, mehmonxona, 4 ta darsxona,  anjumanlar zali,  bolalar uchun yirik zal va oshxona, ombordan iborat.  Anjumanlar zali barcha audio-video texnika bilan jihozlangan. 

Asosiy kiraverish zalida o’zbek madaniyatiga oid kichik muzey ham tashkil etilgan.

Madaniyat markazi eshiklari barcha uchun ochiq, tashrif buyurmoqchi bo’lganlar oyning yakshanba kunlari soat 9:00 dan 13:00 gacha oldindan xabar qilmay kelishlari mumkin. Haftaning boshqa kunlari kelmoqchi bo’lganlar info@uzbekchicago.org  orqali email yozing yoki  

(708) 688-9235 raqami orqali biz bilan bog’laning.