Men ko'p kitob o'qiyman

Yosh kitobxonlar tanlovi

Maqsad

O’zbekiston va Qirg’izistondagi  tanlangan maktablar orasida kitobxonlik musobaqasini o’tkazish;

O’zbekistondagi bolalarni kitobga qiziqishini uyg’otish va davomiy qilish; 

Bolalar qanday kitoblarni va qaysi adiblarning kitoblarini o’qishlarini aniqlash; 

O’zbekiston-Amerika o’zbeklari va millatdoshlari o’rtasida rishtalarni davom ettirish

Tanlovda ishtirok etuvchilar

Bu musoboqa faqat maktab o’quvchilari uchun bo’lib, ushbu yoshdagi maktab o’quvchilarini o’z ichiga oladi:

  • 11-13 yoshgacha
  • 14-16 yoshgacha

Shartlarimiz

  • Faqat o’zbek tilida o’qilgan kitoblar hisobga olinadi; 
  • Kitoblar mart oyidan 20-sentabrgacha  o’qilishi kerak;
  • 11-13 yoshgacha  bo’lgan maktab o’quvchilari …
    • 30 ta (yoki undan ortiq) kitob o’qishlari kerak;
    • Har bitta kitob 25 betdan kam bo’lmasligi kerak;
  • 14-16 yoshgacha  bo’lgan maktab o’quvchilari …
    • 30 ta (yoki undan ortiq) kitob o’qishlari kerak;
    • Har bitta kitob 40 betdan kam bo’lmasligi kerak;

Qanday yuborish mumkin

Boshlagan kitobingizni o’qib tugatgandan so’ng, kitob to’g’risidagi taassurotlaringizni yozma yoki video yoki audio tarzida bizga jo’nating.
📌YOZMA: Siz o’qib bitirgan kitobdan nimalarni o’rganganingiz haqida biz bilan o’rtoqlashing (2 yoki 3 paragraf yozsangiz yetarli). Insho o’zbek tilida yozilgan bo’lishi shart. Taassurotlaringizni yozma tarzida topshirish uchun Yozma degan formani to’ldirib bizga jo’nating.
📌VIDEO:O’qigan kitobingiz haqida 2-4 minutlik video qiling. Video o’zbek tilida bo’lishi shart. Kitob nima haqida ekanligini va undan olgan umumiy taassurotlaringiz bilan o’rtoqlashing. Videoni online tarzda topshiring yoki video linkini mana bu emailga info@uzbekchicago.org yoki loyiha telegram manziliga https://t.me/uaacbook jo’nating.
📌AUDIO: O’qigan kitobingiz haqida 2-4 minutlik audio sharh jo’nating. Audio sharh o’zbek tilida bo’lishi shart. Kitob nima haqida ekanligini va undan olgan umumiy taassurotlaringiz bilan o’rtoqlashing. Audio sharhni online tarzda topshiring yoki audio linkini mana bu emailga info@uzbekchicago.org yoki loyiha telegram manziliga https://t.me/uaacbook jo’nating

G'oliblarni aniqlash

  • G’oliblarni har bir maktabga biriktirilgan ma’sul shaxs yordam beradi;
  • Shu bilan birga, UAAC tashkilotining kengash a’zolari ham g’oliblarni aniqlashdan hay’at a’zosi sifatida qatnashadilar;
  • O’qilgan kitoblar va ular to’g’risidagi taassurotlaringizni yoza yoki video shaklda 1chi iyulgacha yuborishingiz shart;
  • G’oliblarni shu yil 1-oktabrgacha e’lon qilamiz

G'oliblar uchun sovg'alar va o'rinlar

Har bir maktab uchun:
• 1-o’ringa bitta g’olib ($100 mukofot);
• 2-chi o’ringa ikkita g’olib ($50 mukofot);
• 3-o’ringa ikkita g’olib ($25 mukofot)