Buyuklar bisotidan: Jaloliddin Rumiy -1 Qism

Karim Bahriyev tarjimasi.
JALOLIDDIN RUMIY HIKMATLARI
Qumning bir zarrasiman, ammo bepoyon cho‘lning dardini ortmoqlab yuribman.
Tuproqdan keldik, tuproqqa ketarmiz. Muhimi dunyoda kirlanmaslikdir, ko‘ngilni pok tutmoq, dilga kir yuqtirmaslikdir…
Agar taqdir etsa Alloh – qo‘l ham olib kelar, yel ham olib kelar, sel ham olib kelar. Gar taqdir etmasa Alloh – qo‘l ham olib ketar, yel ham olib ketar, sel ham olib ketar….
Haqqa yetmoq istasang, ko‘ngillarni qozonmoqni maslak aylagin, buning uchun saroylarda marmar bo‘lma, bir tuproq bo‘lginki, bag‘ringda gullar yetishsin…
Unutma! Iymonda ketmoq, jannatga erishmoq uchun bir umr lozim, bularning baridan ayrilmoq, kufrda ketmoq uchun bir lahza kifoya.
Yaxshilik izla, to‘g‘rilik izla, go‘zallik izla, ammo ayb izlama.
Savdosi, sarmoyasi, mol-dunyosi ko‘p odamning imtihoni ham og‘ir bo‘lur.
Ishqi ulkanning imtihoni ham zalvorlidir.
Go‘zalligingga quvonma, uni bir so‘gal buza olar, mol-mulkingga quvonma, uni bir ofat olib ketar. Robbingga quvon, u hammasiga kifoya etar…
Insonlarni kitob kabi anglang. Muqovasiga qarab aldanmang, ichini o‘qib chiqqachgina mohiyatini bilarsiz…