Buyuklar bisotidan: Jaloliddin Rumiy -2 Qism

Gilamni kaltak bilan qoqmoq gilamga ozor bermoq uchun emas, gilamni poklamoq uchundir. Alloh senga tashvish berar ekan, seni imtihon qilib tozalar, changu g‘uboringni ketkazar. Qayg‘urma…
Aqlim har kun tovba qilar. Nafsim har kun tovbamni buzar. Ikkisining orasida qolgan bir bechoraman. Yaxshiyamki, Robbim, sening dargohing bor…
Qof tog‘i qadar yuksakja bo‘lsang-da, bir kafanga sig‘ar darajada kichiksan. Unutma, har narsaning hisobi bor, qarzingni uzguning qadar uzilursan…
Gul deganing nima sening? Uch-to‘rt tikon, biroz yaproq,
Nedur sen sevgan bu hayot? Uch-to‘rt nafas, so‘ngra tuproq…
Ichingni tashingdan ham ko‘ra ko‘proq pokla, obod qil, chunki tashingni xalq (maxluq) ko‘radi, ichingga Alloh (xoliq) ko‘radi…
Johil kishi qarab turib gulning go‘zalligini ko‘rmas, tikonlariga tikilur.
Inson bir daryo kabidir, sathi ko‘rinib turadi, tubida ne bo‘ronlar qo‘par, ne po‘rtanalar toshar, so‘zlamas, jimgina oqar va ketar…
Adolat nedur? Gulni sug‘ormoqdir.
Zulm nedur? Tikonlarni sug‘ormoqdir.
Hayot olganing qadar nafasdir, hayot qolganing qadar qafasdir, hayot tolguning qadar havasdir…
Robingga qarab: “Mening buyuk dardim bor” – dema, dardingga qarab: “Mening buyuk Robbim bor”, – degin…
Gulning go‘zalligi – urug‘ining pokligidan, insonning go‘zalligi qalbining pokligidandir
Ishqni biyron sayrayotgan bulbuldan emas, sassiz-sadosiz jon berayotgan parvonalardan so‘ra.
Karim Bahriev tarjimalari