Buyuklar bisotidan: Jaloliddin Rumiy -3 Qism

Milliardlab yerga bir-bir alohida yog‘ilayotgan, bir-birini turtmasdan yerga ayro‘ tushayotgan qor uchqunlari oxiri oxirat bo‘lgan dunyo yo‘llarida milliardlab insonlar bir-biriga zarar bermay, xalaqit qilmay yashashlari, harakat qilishlari mumkinligini anglatadi, axir…
Ba’zan mas’umligimizga farishtalar havas qiladi, ba’zan johilligimizdan shayton qocharga joy topolmaydi… Dunyoga kelganimizning asosiy g‘oyasi – Allohni tanimoq, iymon keltirmoqdir.
Hyech bir narsa ko‘ringani kabi emasdir, bugun senga hayot bergan suv ertaga seni cho‘ktira oladi ham.
Ovozingni ko‘tarma, so‘zingni yuksaltir – yaproqlarni yomg‘irlar o‘stiradi, gumburlagan momoqaldiroqlar emas.
Odamlar seni o‘z manfaatlari uchun harakat qildirishni istaydi, Alloh esa sen o‘z manfaating uchun harakat qilishingni istaydi.
Tilingni tarbiya qilishdan avval dilingni tarbiya qil. Chunki so‘z tilga dildan chiqib keladi.
Chumolilarning g‘imirlashini biladigan, sasini ham eshitadigan Alloh, qalblarimizning astoydil faryodini eshitmaydimi?! Albatta eshitadi…
Karim BAHRIYEV tarjimalari

Editorial Team

Editorial Team

Share this article

Share on facebook
Share on twitter
Share on odnoklassniki