Chikago O’zbek-Amerika Assotsiatsiyasi (UAAC) tomonidan 23chi mart kuni o’tkazilgan qo’shaloq bayram dasturi tantanali ruhda o’tdi.

Chikago O’zbek-Amerika Assotsiatsiyasi (UAAC) tomonidan 23chi mart kuni o’tkazilgan qo’shaloq bayram dasturi tantanali ruhda o’tdi. Yuqori kayfiyatda o’tgan kechada UAAC tashkilotining 10 yilligi va Assalom Navro’z tadbiri bo’lib o’tdi. Kechada 250dan ortiq mehmonlar qatnashishdi. Mehmonlar orasida nafaqat Chikagolik millatdoshlarimiz, balkim AQShning boshqa shtatlarida va Kanadada istiqomat qilayotgan millatdoshlarimiz, turli millat vakillari va shu o’rinda O’zbekistondan kelgan mehmonlar va O’zbekistonning New Yorkdagi konsuli ham bor edi. Milliy kuy qo’shiqlar, go’zal an’anaviy raqslar, O’zbek Maktabi bolalari ijrosidagi rang-barang dasturlar va shu qatorda UAAC nomiga bildirilgan ajoyib tabriklar kechaning yanada ko’tarinki ruhda o’tishiga sabab bo’ldi. Chikago O’zbek-Amerika Assotsiatsiyasi kelgan mehmonlarga o’z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Bayram kayfiyati sizlarni yil davomida tark etmasin.

Ulugbek Nur

Ulugbek Nur

Share this article

Share on facebook
Share on twitter
Share on odnoklassniki