Chikago o'zbek madaniyat markazi

O'zbek madaniyat markazi Chikago O'zbek Amerika Assotsiatsiyasining doimiy qarorgohi

2009-yilda Assotsiatsiya ochilganda uning asoschisi va prezidenti Sirojiddin Nasafining Chikago yaqinidagi Hickory Hills shahridagi uyi bizning asosiy idoramiz bo’lgan. Tashkilotning barcha ishlari majlislari va boshqa kichikroq tadbirlar aynan shu xonadonda o’tkazilgan. Ammo tashkilot a’zolarida bir kun kelib bizning ham o’z markazimiz bo’ladi degan ishonch hech qachon so’nmagan.  2016-yilga kelib tashkilotning asosiy faoliyat yo’nalishlaridan biri o’zbek maktabiga darslar uchun bino zaruriyatga aylandi. Natijada ko’plab sahovatli insonlarning yordami bilan Chikago yaqinidagi Arlington Heights shahrida Amerika o’rta g’arbidagi birinchi o’zbek markaziga asos solindi. Shundan beri ushbu bino Chikago o’zbeklari hayotining bir qismiga aylandi.

Ushbu binoda UAAC tomonidan o’tkaziladigan aksar tadbirlar bo’lib o’tadi. Jamiyatimiz a’zolari tashabbusi bilan o’tkaziladigan ilmiy o’quv seminarlari ham tashkil etiladi va buning uchun barcha shart sharoitlar barpo qilingan.

O’zbek maktabi darslari ham aynan shu bino darsxonalarida o’tkaziladi. Maktab faoliyati bilan batafsil shu yerda tanishishingiz mumkin.

Markaz binosi asosiy idora, mehmonxona, 4 ta darsxona,  anjumanlar zali,  bolalar uchun yirik zal va oshxona, ombordan iborat.  Anjumanlar zali barcha audio-video texnika bilan jihozlangan.  Asosiy kiraverish zalida o’zbek madaniyatiga oid kichik muzey ham tashkil etilgan.

Madaniyat markazi eshiklari barcha uchun ochiq, tashrif buyurmoqchi bo’lganlar oyning yakshanba kunlari soat 9:00 dan 13:00 gacha oldindan xabar qilmay kelishlari mumkin. Haftaning boshqa kunlari kelmoqchi bo’lganlar info@uzbekchicago.org  orqali email yozing yoki  (708) 688-9235 raqami orqali biz bilan bog’laning. 

Chikago o'zbek maktabi bolalari dars paytida (UAAC Photo)
O'zbek madaniyat markazining asosiy zali (UAAC Photo)

Chikago o'zbek madaniyat markazi manzili.

716 Algonquin Road
Arlington Heights IL 60005
Phone: (708) 688-9235