Chikago O\’zbek Markaziga O\’zbekistondan huquq tizimida faoliyat ko\’rsatayotgan mehmonlar tashrif buyurdilar.

2018-yil 7-dekabr kuni oʻzbek markaziga Oʻzbekistonning huquqshunoslik tizimida faoliyat olib borayotgan matbuot kotiblaridan iborat bir guruh mehmonlarimiz tashrif buyurishdi. Oʻzbekistonlik millatdoshlarimizning tashriflari Kongres Kutubxonasi qoʻshidagi Ochiq Dunyo Liderlik Markazi (The Open World Leadership Center) va Xalqaro Kengash Dasturi (Open World Program) tomonidan uyushtirilgan. Oʻn kun davom etadigan fikr almashinuv va hamkorlik dasturidan koʻzlangan asosiy maqsad, Kongress, Amerika jamoalari va global rahbarlar oʻrtasida tushunish va oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va uni kuchaytirishdan iborat. Ushbu dastur Chikago shahrida boʻlishi munosabati bilan, Oʻzbekistondan kelgan millatdoshlarimizni oʻzbek markazimizda bir piyola choy ustida mehmon qildik. Oʻzbek Markazimizga tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar orasida Arlington Heights meri Thomas Hayes, Illinois shtati Kongresmeni Raja Krishnamoorthining vakili va Xalqaro Kengash dasturi raisi janob George Palamattam ham bor edilar. Oʻn kun davom etadigan treningda millatdoshlarimizga omad tilaymiz!