Chikagoda Navoiyxonlik: Alisher Navoiy tavalludinig 575 yilligiga bag’ishlangan tabdir bo’lib o’tdi.

7-fevral kuni Chikago o’zbek maktabida O’zbek tilining asoschisi, g’azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan Navoiyxonlik kechasi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda o’quvchilar bilan bir qatorda ota-onalar ham qatnashdilar. Kechada jamiyat prezidenti Olim Sharipov ulug’ adibning yashab o’tgan umri haqida hamda qilgan ijodi haqida batafsil so’zlab berdi. Kecha qatnashchilari Navoiyning bir nechta she’rlarini tahlil qildilar. Bolalar ijrosida Alisher Navoiy ijodidan na’munalar yangradi. Undan tashqari, zamonamizning ko’zga tashlangan shoirlari Abdulla Oripov hamda Muhammad Yusufning Navoiy hazratlari haqida yozlgan sherlari ham aytib o’tildi. O’zbekiston Respublikasida oynai jahon orqali yangragan Navoiy g’azallari kelganlarga ekran orqali namoish qilindi. Tadbir qatnashchilari ma’naviy ozuqa olishlari bilan birga, Navoiy bobomizga nisbatan hurmatlari yanada oshdi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Tadbirda mehmonlar uchun yengil nonushta ham tortildi.

Editorial Team

Editorial Team

Share this article

Share on facebook
Share on twitter
Share on odnoklassniki