Chikagoda palovxonlik.

Shu yilning 6-dekabr kuni Chikago o’zbek jamiyatida an’anaviy “Palov kuni”

nishonlandi. Bayramda turli millat vakillari, xususan, vatandoshlarimiz,

ozarboyjonliklar, amerikaliklar, latviyaliklar, qirg’izlar, qozoqlar, ruslar,

turklar, saudiyaliklar va boshqa millat vakillari ishtirok etdi.

Bayram maroqli va qiziqarli o’tdi. Mehmonlarga yetti xil palov tortildi. “Bedana tuxumiyu

kavataklar bilan, mol go’shtiyu qo’y go’shtlari bilan, zig’ir yog’iyu no’xatlar bilan

qilingan shirin palovlarni yeb mehmonlar mazza qilishdi”, deyiladi xabarda.

Chikago O’zbek—Amerika assosiasiyasi vise-prezidenti Farruxbek Shamsutdinov bayramni ochib berdi. Tadbir davomida palov tarixi haqida qisqacha axborot berildi, o’zbek palovini qanday tayyorlash haqida ma’lumot yangradi, palov haqida maqollar aytildi, sabzi to’g’rash musobaqasi, milliy liboslar

ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

Qozog’istonlik mehmon dombra chalib odamlarni hursand qildi. “Tadbir oxirida

mehmonlar o’zlari bilan qo’shimcha palov olib ketganidan bilsa bo’ladiki,

tayyorlagan palovlarimiz mehmonlarga ma’qul keldi. Yana shuni aytish kerakki,

o’zbek palovlarini odamlar hali ham sevib iste’mol qilishadi.

Editorial Team

Editorial Team

Share this article

Share on facebook
Share on twitter
Share on odnoklassniki