Chikagodagi o\’zbeklar Navro\’z bayrami nishonlashdi.

2016-yil, 19-mart kuni Chikagolik o\’zbeklar birgalashib Navro\’z bayramini  nishonladilar. Bayram bahona yurtdoshlar bir birlari bilan diydorlashdilar. Hammada bahoriy kayfiyat. Mehmonlar kiyib kelgan milliy liboslar esa yanada ko\’proq bayramona kayfiyat bag\’ishladi.
Bayram kechasi boshlanishidan oldin O\’zbekiston Respublikasiningning Nyu-Yorkdagi Bosh Konsuli birinchi o\’rinbosari Ulug\’bek Ahmedov hamda Chikagoda istiqomat qiluvchi o\’zbeklar o\’rtasida suhbat bo\’lib o\’tdi. Ulug\’bek Ahmedov vatandoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Savol-javob qizg\’in davom etdi. Undan tashqari, bayram oldi o\’zbek milliy ertaklari kitoblari hamda o\’zbek milliy matolari yarmarkasi bo\’lib o\’tdi.
Milliy libos kiygan jarchi bolajonlar bayramni ochib berdi. Tabriklar, kuy va qo\’shiqlar bilan bayram davom etdi. Chikago o\’zbek maktabi bolalarining bayramda faol qatnashganlarini alohida ta\’kidlab o\’tish joiz. Qizaloqlar \”Yomg\’ir yog\’aloq\” qo\’shig\’ini ijro etishdi hamda o\’zbek tilida she\’rlar aytishdi. Bolalar \”Kim oladi shuginani?\” deb atalgan o\’zbek milliy o\’yinini namoyish qilib berishdi. Chikagolik faol qiz Gulruh Gadoeva \”Fasli navbahor\” qo\’shig\’ini qoyilmaqom qilib jonli ijro etib, mehmonlarlarning samimiy olqishlariga sazovor bo\’ldi.
 Dasturxonga milliy taomlar bo\’lmish sho\’rva, osh va sumalak tortildi. Bayram qiziqarli o\’yinlar bilan davom etdi. O\’yinlar davomida noutbuk, blender kabi qimmatbaho buyumlar o\’z egalarini topdi. Shuningdek, bayram davomida Chikago o\’zbek-amerika assotsiatsiyasi prezidenti
Olim Sharipov 2015-yilning eng faol a\’zolariga esdalik sovg\’alari topshirdi. Chikago o\’zbek maktabining eng faol o\’qituvchisi deb Hulkar Ashurova topildi. Jamshid Eshonho\’jaev esa Chikago o\’zbeklari ichida 2015-yilning eng faol yigiti deb topildi. Shuningdek, Chikago o\’zbek maktabining eng faol o\’quvchisi nomiga Sevara Qodirova erishdi. Chikagolik o\’zbeklar ravnaqi uchun eng ko\’p hissa qo\’shgan, Chikagodagi o\’zbek kompaniyasi bo\’lmish Caravan Group \”Eng yahshi homiy\” nominiga sazovor bo\’ldi. Bayram davomida Chikago o\’zbek maktabi faoliyati hamda kelajak rejalari haqida jamiyat yetakchisi Olim Sharipov mehmonlarga so\’zlab berdi. So\’ng Chikago o\’zbek maktabini qo\’llab quvvatlash maqsadida kim oshdi savdosi o\’tkazildi. Kim oshdi savdosida yurtdoshlarimiz bilan birga Mo\’g\’ilistondan kelgan mehmonlar ham faol qatnashdilar. Kim oshdi savdosidan tushgan mablag\’ Chikago o\’zbek maktabi fondiga yo\’naltirildi. Bayram ommaviy raqs bilan yakunlandi.