Insholar tanlovi shart va qoidalari.

O‘zbek bolalari qalbida millat, til va vatan tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida, Chicago O‘zbek-Amerika Assosiastiyasi ENG YAXSHI INSHO tanlovini e’lon qiladi. Ushbu tanlov O‘zbekistonda yashayotgan o‘zbek bolalari orasida bo‘lib o‘tadi.

Insho mavzulari quyidagilardan biri bo‘lishi mumkin:
– Men sevgan kitob;

– Mening kelajakdagi orzu qilgan kasbim.

– Ona tilim- jonu dilim

– Erkin mavzu,

Tanlov 13-16 yoshli bolalar o‘rtasida o‘tkaziladi.

G‘oliblarga quyidagi mukofotlar beriladi.

1-o\’ringa 1 600 000 so‘m- 1 ta;

2-o\’ringa 800 000 so‘m – 1 ta;

3- o‘rin uchun 400 000 so‘m – 4 ta

Insho qabul qilinishi 2018-yil, 8-martda to‘xtatiladi. G‘oliblar  Navro‘z bayramida e’lon
qilinadi.
G‘oliblar aniqlanishida quyidagi omillar e’tiborga olinadi:

– insho yuqorida ko‘rsatilgan mavzularni biriga yozilgan bo‘lishi kerak;

-Insho ma’nosi aniq va ravon bo‘lishi kerak

-Inshodagi grammatika, punktuatsiya hamda leksikologiya hisobga olinadi.

-Inshodagi so‘zlar soni 200-350 atrofida bo‘lib lotin yozuvida yozilgan bo\’lishi lozim.

 

Inshoingizni elektron pochta orqali quydagi manzilga yuboring:

tanlov@uzbekchicago.org

Omad sizga yor bo‘lsin, aziz bolalar!

Chikagodagi O‘zbek-Amerika Assotsiatsiyasi.[/vc_column_text][/vc_column][/vc_row][vc_row][vc_column][vc_column_text]Insholarni baholash 

Har bir kelgan inshoni kelgan vaqti bo’yicha raqamlaymiz va uni hakamlarga
yuboramiz.
Hakamlar hayati a\’zolari o\’quvchilar insholarini ko\’rib chiqadilar. Hakamlar hayati a\’zolari insholarni obyektiv baholash uchun, 100 ballik \’yozma rubrik\’ dan foydalanadilar. Har bir hakam bir biridan mustaqil ravishda har bir insho uchun alohida baho beradi. Insho uchun har bir hakamning ballari qo’shilib o’rtachasi olinadi. Baholashda shaffoflikni ta\’minlash maqsadida, hayat a\’zolariga insholar muallifi nomi ko’rinmaydi; balki insho1, insho2, insho3 tarzida ko’rinadi. 

Hakamlar hayati a\’zolari o\’zbek adabiyoti, o\’zbek she\’riyati va O\’zbekiston universitetlarida ta\’lim olib, hozirgi kunda Amerika Qo\’shma Shtatlarida o\’zlarining akademik va biznes faoliyatlarini olib borayotgan vatandoshlarimizdan tashkil topgan