Michigan shtatida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag\’ishlangan bolalar festivali bo\’lib o\’tdi

2016-yil, 22-may, yakshanba kuni Michigan shtatining Detroit shahri hududida baynalminal bolalar festivali bo\’lib o\’tdi. Ushbu anjumanda 39 mamlakat vakillari ishtirok etdilar va turli mamlakatlar vakillari o\’zlarining vatanlarini aks ettiruvchi turli- tuman expozitsiyalarni namoyish etdilar. AQShda yashayotgan turli millat vakillari bir-birlari bilan tanishdilar, axborot almashdilar. Tadbirning ikkinchi qismida festival qatnashchilari   turli millatlar bolalari ijrosida tayyorlangan milliy raqslarni tomosha qilldilar. Ayniqsa Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Qirg\’iziston , Hindiston bolalari ijrosida bajarilgan milliy raqslar barchaga manzur bo\’ldi.

Bu festivalda o\’zbeklar nomidan Chikagodagi O\’zbek-amerika assotsiyatsiyasi vakillari qatnashdilar.