Chikagoda Navroʻz va Chikago oʻzbek-amerika assotsiatsiyasining 10 yilligi bayrami

23-MART, 2019-YIL SOAT: 4:00 PM

Chikagodagi Oʻzbek-Amerika Assotsiatsiyasi

Sizni va oila aʼzolaringizni 2019 yil 23 -mart shanba kuni, kech soat 4:00da Navroʻz bayrami
hamda Chikago Oʻzbek-Amerika Jamiyatining 10 yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan
bayram kechasiga taklif qilamiz.

Manzil:

ALADDINʼS PALACE BANQUET
8821 WEST 87TH STR
HICKORY HILLS, IL 60457

Bayramni quyidagi tartibda oʻtkazish rejalashtirilgan:

1. Vatandoshlar tanishuvi.

2. Navroʻz taomi Sumalakni birgalikda baham koʻrish.

3. Badiiy qism: OʻZBEKCHA QOʻSHIQLAR.

4. Oʻzbek Maktabi oʻquvchilar ijrosida bahor va Vatanga bagʻishlangan qoʻshiqlar va sheʼrlar.

Bayram chiptasi narxlari:

UAAC aʼzolari uchun:

– 17 yosh va undan kattalar uchun $50.00

– 11-16 yoshlilar uchun $20

– 4-10 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun tekin (Bolalar uchun alohida bolalarga mos menuli dasturxon tuzaladi)

– 4 yoshdan kichik boʻlgan bolalar uchun tekin (oʻrindiqsiz)

UAAC ga aʼzo boʻlmaganlar uchun hamda bayram kuni chipta olganlar uchun :

– 17 yosh va undan kattalar uchun $60.00

– 11-16 yoshlilar uchun $20

– 4-10 yoshgasha boʻlgan bolalar uchun tekin (Bolalar uchun alohida bolalarga mos menuli dasturxon tuzaladi)

Mashinalar uchun joylar bepul.

Izoh: UAAC ga aʼzo boʻlishni xohlaganlar aʼzolik badalini toʻlab, aʼzolik narxida chipta olishlari

mumkin.

Chiptani sotib olish tartibi:

– Chiptalarni avvaldan “PayPal” hisobimiz (uzbekchicago@gmail.com) yoki UAAC adresiga

chek yuborish yoki naqd pulga sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, toʻlovlar uchun Credit

Cardlar ham qabul qilinadi.

– Bayram kechasi oʻtkaziladigan joy cheklanganligi sababli, chiptalar soni cheklangan. Shu

sababli chiptalarni iloji boricha tezroq sotib olishingiz maqsadga muvofiq boʻladi.

Qatnashuvchilar oʻzbek milliy kiyimida kelishlari maqsadga muvofiq boʻlardi, jumladan,

erkaklar doʻppida, xotin-qizlar milliy kiyimda. Eng yaxshi milliy kiyimda ishtirokchiga Navroʻz

estalik sovgʻasi beriladi. “NAVROʻZ” bu bizning milliy bayramimiz va ushbu kechamiz

videosini Internet sahifasiga qoʻyishni moʻljallayapmiz.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun info@uzbekchicago.org yoki telefonlar:

630 247-8511 (Akmal)

(216) 385-9528 (Eldor)

Eslatma: (1) Oʻrinlar cheklanganligi sababli, chiptalarni 10-martgacha xarid qilishingizni

soʻraymiz; (2) Roʻyxatga olish soat 3:00 da boshlanadi.