O’zbek Madaniyat Markazida Kanadalik muallif Baxtiyor Shohnazarning ” Chet elda yashash: America” kitobi taqdimoti

2018-yil 1-dekabr kuni soat 5:00 pmda O’zbek Madaniyat Markazida Baxtiyor Shohnazarning “Chet elda yashash: America” kitobi taqdimoti va “Kanadaga Immigratsiya: Savol javoblar” davra suxbati bo’lib o’tadi.

UZ: Kitobning qisqacha mazmuni

Erkinliklar oʻlkasi sanalgan Amerika koʻchman-emigrantlar davlatidir. Ilk boshda Ovroʻpadagi monarxiya iskanjasidan qochib, yangi ochilgan dunyoga yangi umidlar bilan koʻchib kelgan odamlar nihoyat oʻzlari istagan davlatni qurishga erishishgan.

Oʻzbeklar asosan ikkinchi jahon urushi soʻnggida bu yurtga kela boshlashgan. 1960-yillarda gurkirab rivojla-nayotgan iqtisodiyotga qoʻshimcha ish kuchlari zarur boʻlganida, kelib chiqishi turkistonlik boʻlib, 1930-yil-larda Stalin qatagʻonidan qochgan, Turkiya, Afgʻoniston va boshqa davlatlarda yashayotgan oʻzbeklar Amerikaga mehnat muhojiri oʻlaroq kela boshlashgan.

1991 yili Oʻzbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakat aholisi Amerika Kongressi tomonidan tashkil qilingan Grin Kard lotereyasida qatnashish imkoniga ega boʻlishdi. Bu lotereya oʻlka milliy tarkibini boyitishga qaratilgan. Amerika hukumatiga koʻra, Oʻzbekistondan 40 mingdan ziyod lotereya gʻolibi koʻchib kelgan.

Hozirgi kunda uch yuz mingga yaqin oʻzbekistonlik yangi dunyoda yashamoqda. Yangi immigrantlarning kelishi ham davom etmoqda. Amerika ular uchun butunlay boshqa jamiyat boʻlgani sababli, koʻp sohalarni yoʻl-yoʻlakay oʻrganish-lariga toʻgʻri kelayapti. Qoʻlingizdagi kitob bu borada yoʻl-yoʻriq koʻrsatish boʻyicha qoʻllanma vazifasini oʻtaydi. Kitob hayotdan olingan koʻplab misollar bilan boyitilgan.