O’zbek Madaniyat Markazida kiber xavfsizlikka bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Hakerdan 10ta eng muhim tavsiya!!! UAAC markazida yaqinda bo’lib o’tgan Cyber Security-kiber xavfsizlikka bag’ishlangan seminar juda muvaffaqiyatli o’tdi. Bu seminardan xulosa qilinadigan b’olsa, tajribali axloqiy haker (Ethical Hacker) Mishaal Xan va huquqshunos Naveed Husain tomonidan berilgan eng muhim 10 tavsiya qyidagilar bo’ldi: 1. Yomon niyatli hakerlar: Har kim har doim yomon niyatli hakerlar uchun nishon ekanligini unutmasligi kerak; 2. Sifatli parollar: Parollarni murakkab so’z birikmalaridan yaratish va ularga maxsus belgilar (@, #, $, %…) va raqamlarni aralashtirish; Hech qachon bir nechta web sahifa yoki hisobga bitta parolni ishlatmaslik; Ularni hammasini eslab qolish qiyin bo’lgani uchun KeePass, LastPass, iCloud, Keychain yoki Dashlane kabi qollanmalarni ishlatish. 3. Hamyondan ma’lumot o’g’irlash: Hamyonimizdagi kredit kard yoki ofislarga kirish-chiqish kardlari malumotlarini oqiydigan jihozlarning mavjudligini unutmasligimiz kerak. Shubhali shaxslar bu jihozlarni bizga yaqinlashtirish orqali bu ma’lumotlarni o’g’irlashi mumkin. Bunday narsalardan ehtiyot bo’lish uchun maxsus hamyonlar mavjud. 4. Shubhali emaillar: Shubhali emaillar bilan kelgan ilovalarni ochmaslik, ularda kelgan linklarga bosmaslik. 5. Yangilang: Opertsion sistemalarni har doim yangilab turish; Ularning eng oxirgi versiyasini eng xavfsiz ekanligini unutmaslik. 6. Xavfsiz ‘wifi’lar: Internetga bog’lanishda xavfsizlik choralariga e’tibor berish. Kopchilik tekin “wifi” yoki “hot spot” lar orqali ma’lumotlar o’g’irlanishi mumkinligini unutmasligiz kerak. 7. Begona USB: O’zimizga tegishli bo’lmagan USB malumot saqlagichlarni hech qachon komputerimizga ulamaslik; 8. Ijtimoiy tarmoqlar: Ijtimoiy tarmoqlarda (facebook; instragram) shaxsimizga oid ma’lumotlarni tarqatmaslik; u yerga qanday ma’lumotlar joylashtirayotganimizga alohida e’tibor berish; 9. Ijtimoiy muhandislik: Ijtimoiy muhandislik hakerlarning juda muhim usuli ekanligi. Bunda shubhali kishilar shaxsiy malumotlarimizni telefon orqali yoki yuzma yuz ko’rishib o’g’rilashga harakat qilishi mumkin; 10. Ma’lumotlarni yo’qotmang: Ma’lumotlarimizni yo’qotmaslikni eng muhim chorasi ularni o’z vaqtida zahiralashdir. Uch turli zahiralash, ya’ni zarur ma’lumotlarimizni bir nusxadan alohida diskda, komputerimizning ozida va ishonchli cloud xizmatlari orqali internda saqlash tavsiya etildi. Bu tavsiyalr barchamiz uchun juda foydali bo’lishiga ishonamiz!
Share on facebook
Share on twitter
Share on email