O’zbekiston Respublikasi Nyu-York shahridagi Bosh Konsulxonasi xabar qiladi

Aziz Vatandoshlar!

Hammalaringizni 13 dekabr, juma kuni , kech soat 5:00 PM da Chikago O'zbek Amerika Jamiyati madaniyat markazida (716 Algonquin road, Algonquin Heights, IL 60005) Bosh Konsul Kamoliddin Ikramov Ravshanbekovich ishtirokida bo'lib o'tadigan ushbu tadbirga taklif etamiz. Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon raqami 708 415 1743 (Olim Sharipov)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga!

2019 yil 22-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

O’zbekistonning barcha fuqarolari, shu jumladan  AQSh va Amerika qit’asining boshqa davlatlarida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolari uchun bo‘lajak saylovlarda o‘z xohish-irodasini bildirishlari uchun teng sharoitlarni ta‘minlash maqsadida O’zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh Konsulxonasi qoshida 33- sonli saylov uchastkasi tuzildi. Shu jumladan Chikago (Illinoys shtati) va unga yaqin joylashgan shaharlarida muddatidan avval saylovlar o‘tkazilishi rejalashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasining yangi Saylov Kodeksiga muvofiq, Bosh Konsulxona tomonidan mazkur saylovlarda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolarning  ro‘yxatini tuzish boshlandi. Ushbu tadbir har bir O‘zbekiston fuqarosining saylov huquqidan foydalanishlariga imkoniyat yaratish hamda saylovlar kuni, joyi va vaqti to‘g‘risida saylovchilarni o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, bo‘lajak saylovlar bilan bog‘liq boshqa ma‘lumotlarni taqdim etishga mo‘ljallangan.  Bo‘lajak saylovlarda qatnashishuvchi saylovchilarning ro‘yxatini oldindan tuzish uchun sizdan http://saylov.mfa.uz/ veb-sahifasi orqali elektron murojaatingizni to‘ldirib, elektron tarzda taqdim qilishingizni yoki Bosh Konsulxonaning info@uzbekconsulny.org elektron pochta manziliga ilova qilingan savolnomaga muvofiq o‘zingiz hamda 18 yoshga to‘lgan va O‘zbekiston fuqarosi pasporti bilan hujjatlashtirilgan qarindoshlaringiz to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yuborishingizni so‘raymiz.

Familiya, ism, ota ism

Tug‘ilgan kun, oy, yil

O‘zbekistondagi so‘nggi manzil

AQShdagi manzil

Aloqa uchun telefon raqami

2019 yil 22 dekabr kuni saylovlar O’zbekiston Respublikasining Nyu-York shahridagi Bosh Konsulxonasida o‘tkazilishini maʼlum qilamiz, manzil:

801 Second Avenue, 20th Floor, NY, NY, 10017.

Tel: (212) 754-7403

Tel:(347)-217-4406; (917)-539-4664; (917)-859-0440

Email: info@uzbekconsulny.org

Telegram: https://t.me/saylovlar2019

Website: www.uzbekconsulny.org

Bosh Konsulxona tamonidan muddatidan avval saylovlar o‘tkaziladigan shaharlar manzili:

– 2019 yil 13 dekabr kuni Chikago (Illinoys shtati) shahrida: 716 Algonquin road, Algonquin Heights, IL 60005, vaqti: soat 17:00 dan 20:00 gacha;

Shuningdek, 13 dekabr  kuni vatandoshlarimiz Bosh Konsulxona hodimlariga quyidagi konsullik masalalari buyicha murojaat qilishlari mumkin:

– AQShda doimiy yashashga qolish bo’yicha hujjatlarini rasmiylashtirish;

– Doimiy va vaqtinchalik konsullik ro’yxatiga olish;

– O’zbekiston fuqaroligidan chiqish uchun tegishli hujjatlarni topshirish masalalari;

– O’zbekiston fuqaroligini yo’qotish masalalari;

– AQSh hududida tug’ilgan o’zbek farzandlariga Vatanga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish masalalari;

– Turli notarial harakatlar;

– O’zbekistondan hujjatlarni talab qilib olish masalalari;

– O’zbekiston fuqaroligiga mansublikni tekshirish masalalari va boshqalar;

Bundan tashqari vatandoshlarimizni qiziqtirgan boshqa savollarga batafsil javoblar

beriladi

Moderator

Moderator

Share this article

Share on facebook
Share on twitter
Share on odnoklassniki