Yuborgan xayr-ehsoningiz uchun rahmat

Qadrli dindosh birodarimiz 
Sizning bizning Chikago Imom Buxoriy Islom markazimizga yuborgan xayr-ehsoningizni qabul qilib oldik va buning uchun o’zimizning samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Ma’lumki, ushbu mablag’ jamlash tadbiri muqaddas dinimizni va dinimiz asosidagi milliy an’analarimizni saqlash, davom ettirish, xususan AQSHda voyaga yetayotgan yosh avlodni shular asosida tarbiya qilish maqsadida sotib olinayotgan bino (Masjid va o’quv xonalari) uchun o’tkazilayapdi.
Shu ma’noda Sizning yuborgan ehsoningiz bizni maqsadimizga yetishish yo’lidagi masofamizni yana bir qadamga yaqinlashtiradi, inshooloh.
Qolaversa ushbu yuborgan xayriyangiz Olloh Subhana va Taolo nazdida “Sadaqai joriya” hisoblanib , shu binoda o’tkaziladigan har bir ibodatlar (o’qiladigan nomozlar, o’rganiladigan ilmlar va hokazolar) evaziga Sizga muntazam savob kelib turadi, inshooloh.
Aziz birodar,
Bergan sadaqai joriyangiz Olloh huzurida qabul bo’lgan bo’lsin. Sizga va oilangizga Olloh Taalodan sihat- salomatlik, xotirjamlik va kasb- koringizga xayru barakotlar tilab qolamiz, omin!
Ehtirom bilan,
Chikago Imom Buxoriy Islom Markazi jamoasi
www.uzbekchicago.org