\”Turkiston- mening ona vatanim\”- deydi Chikagodagi O\’zbek- Amerika Jamiyatining faol a\’zosi Basit Osmani.

Qisqacha hikoyamiz qahramoni haqida: Basit Osmani (Usmonli) 65 yoshda. Buyuk Britaniyada ulg\’ayib o\’sgan, ta\’lim olgan. Jarroh, O\’zining jarrohlik klinikasi bor.

U yaqinda turist vizasi bilan O\’zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston mamlakatlariga borib keldi. Hayajonini yashira olmaydi. Yaxshisi uning bilan bo\’lgan suhbatni o\’qisangiz  yaxshiroq bilib olasiz.

– Janob Osmani, o\’zingiz haqingizda qisqacha ma\’lumot bersangiz.

-Iltimos meni Basit aka deyavering, menga shu yoqadi.  Mening ona tomon ota-bobolarim Turkistonning Buxorosidan bo\’lishgan. Ota tomonim Turkiyadan. Lekin men Turkistonni Haydarobodida tu\’g\’ilib (ajablanmang, Haydarobod o\’tmishda Turkistonga qaragan) Angliyada voyaga yetganman. Shuning uchun Turkistonni ona vatanim deb bilaman.

– Turkistonga sayohat qilish orzusi Sizga qachon paydo bo\’ldi?

– Yoshligimdan ikki orzum bor edi: Birinchisi Ka\’batulloh ziyorati, Ikkinchisi Turkistonga borish. Xudoga shukur ikkala orzumga ham erishdim.

-O\’zbekistonga Viza olish qiyin bo\’lmadimi?

– Vizani 3 kun ichida oldim. Bu men uchun ajablanarli edi- chunki men buni kutmagandim.

-Safar taassurotlaringiz haqida gapirib bersangiz.

-OO, taassurotlarim bir olam. Aytaversam tugamaydi. Ha mayli qisqacha aytay: Chikago-Istambul-Toshkent reysi bilan uchdim. Toshkent mehmonxonasida turdik. Alisher Navoiy teatriga kirdik. Toshkent chiroyli , toza zamonaviy shahar ekan menga yoqdi. Keyin Namangan, Andijonda bo\’ldim. Bobur qabrini ziyorat qildim.

So\’ngra Buxoro, Samarqand, Mari, Ashxabod, Xiva , Xujand shaharlarida bo\’ldik.

Bu sayohat men uchun shunchalik qiziq ediki, sutkasiga 3-4 soat uxlardim ,xolos. Ko\’rganlarimni esimdan chiqmasin deb yozib borardim.

-Ha, Turkistonni nihoyatda zavq-shavq bilan tomosha qilganligingiz bilinib turibdi. Erinmasdan 3 ta katta foto albom tuzatibsiz. Har bir borgan joyingizdagi binolar nomini, bu inshootlarga bog\’liq bo\’lgan tarixiy shaxslar nomini adashmay nomma nom aytishingiz meni hayron qoldirayapdi. Biz o\’zimiz shu o\’lkalarda tug\’ilib voyaga yetgan bo\’lsak ham Sizchalik bilmaymiz, to\’g\’risi uyalib ketayapman.

-Aytingchi Basit aka, odamlarchi, odamlar Sizga yoqdimi.

-Odamlar judayam samimiy, mehmondo\’st ekanlar. Buxoroda bitta uylanish to\’yida bo\’ldim. Rosa mazza qilib raqsga tushdim. Ayniqsa davraga taklif qilishib O\’zbekcha chopon kiygizishgan daqiqalar hech yodimdan chiqmaydi.

-Yana esingizda  qolgan biror voqeani aytib bera olmaysizmi?

-Hm… bir voqea hech esimdan chiqmaydi. Namangan aeroportiga tushganimda telefonimni tekshirsam zaryadi tugab o\’chib qolibdi. Bu erda meni bir yigit kutib olishi kerak edi. Uni telefon raqami esa endi yo\’q. Odamlardan u-buni so\’ray desam inglizchani bilishmaydi. Sarosimaga tushayotganimda bir qiz uchradi- ismi Feruza bo\’lib inglizchani bilar ekan. \”Tashvishlanmang, men Sizni uyga olib ketaman, uyda erim bilan tanishtiraman, biznikida mehmon bo\’lasiz, deb meni yupatdi. Xayriyatki, cho\’ntagimdan bitta qog\’ozda bizni turist gruppa rahbarimizni telefon raqami bor ekan. Biz unga  telefon qilib undan meni kutib oladigan yigitni raqamini oldik. O\’sha qizni samimiyligi, yordami meni juda mamnun qildi.

– Mehmonxonalarda sharoit qanday edi- issiq-sovuq suv, tozalik  deganday?

-Men a\’lo degan bo\’lardim, ovqatlariyam menga juda yoqdi.

– Yana bir savol: Siz Turkistonga borishdan oldin Vatan haqidagi o\’ylaringiz bilan borgandan keyingi ko\’rganlaringiz orasida farq bormidi?

– Katta farq bor edi. Men Turkistonni bunchalik taraqqiy etgan deb o\’ylamagandim.

-Guruhingizdagi boshqa turistlachi, ular borganlaridan xursandmilar?

-Guruhdoshlarim hammalari sayohatdan xursand edilar, biror shikoyatni eshitmadim.

-Basit aka, endi oxirgi- an\’anaviy savolni bersam: Vatandoshlarigizga nima tilak-istaklaringiz bor?

Tilaklarim: Turkiston – dunyo taraqqiyotiga katta hissa qo\’shgan buyuk o\’lka. Bu yurtdan ne-ne buyuk olimlar, sarkardalar etishib chiqqan. Bolalarimizga Turkiston tarixini o\’rgataylik, toki ular nainki ota-bobolari bilan faxrlanib yursinlar, balki o\’jdodlarga munosib avlodlar  bo\’lishga harakat qilsinlar. Mening ishinchim komilki Turkistondan kelajakda shunday avlodlar yetishib chiqadi.

Olim Sharipov suhbatlashdi.

2017- yil, 5-Fevral.

Chikago