UAAC Futbol musobaqasiga marhamat 12-mart, 2017-yil

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar!

Kirib kelayotgan Navro’z bayrami munosabati bilan, ko’pchilikning hohish va takliflarini inobatga olgan holda UACC futbol musobaqasi tashkil etishni rejalashtirmoqda. Musobaqa kuni 12 mart, yakshanba kuniga belgilanadi. Bu e’lon orqali biz qancha komanda musobaqada qatnashmoqchiligini bilmoqchimiz. Musobaqa shartlari va tolovlari, qatnashmoqchi bo’lgan jamoalar aniq bo’lgandan keyin hisoblab chiqiladi. O’yin 5×5 tartibda bo’ladi, 1 jamoaga 10 kishigacha ro’yhatdan o’tishi mumkin. To’lov asosan stadion ijarasi uchun olinadi va shu maqsadda sarflanadi. Barcha qatnashmoqchi bo’lgan jamoa sardorlari qo’shimcha ma’lumot uchun Anvarjon (202-378-7577) va Islombek (773-677-2570)larga murojaat qilishlari mumkin. Musobaqa g’oliblarini taqdirlash marosimi 18 mart kuni, Navro’z bayramiga atalgan kechada bo’lib o’tadi.

Editorial Team

Editorial Team

Share this article

Share on facebook
Share on twitter
Share on odnoklassniki