YASHASHDAN MAQSAD NIMA?

YASHASHDAN MAQSAD NIMA?
Yoki Siz nima deysiz?

Yaqinda bir vatandoshimiz bilan telefonda gaplashib qoldim. U Qo’shma Shtatlarga 10 yillarcha burun kelgan. Shu yerda ta’lim olgan. Yaxshigina muvaffaqiyatga erishganlardan. Amerika sharoitiga ancha moslashib olgan- hatto ism-familiyasini ham o’zgartirib – Adam Smit qo’yib olgan . Bola-chaqasi bilan yashaydi. Adamning soliqlarni bajarib berish bo’yicha tuzgan firmasi ham bor.
Men unga ” Siz soliqlar bo’yicha yaxshi mutaxassissiz, Bir vatandoshlarni to’plasak, USA soliqlari mavzusida gapirib bersangiz” degan taklif bilan chiqqan edim.
Adam: -Birinchidan, men o’z mijozlarimni o’zbeklar bo’lganidan ko’ra amerikaliklar bo’lishligiga ko’proq harakat qilaman. Sababi, bizning o’zbeklar uzoqni o’ylashmaydi. Ularni maqsadi qanday qilib bo’lmasin davlatdan shu yilning o’zida ko’proq pul undirish.
Xo’sh O’zbeklarni yig’ib soliqlar bo’yicha suhbat qilishning sizga nima foydasi bor?
Men: – Bizga hech qanday moddiy foydasi yo’q. Biz Chikagoda O’zbek-Amerika Jamiyati tuzganmiz. Tadbirlarimizdan bittasi vatandoshlarimizga Amerika Soliqlari tizimi bo’yicha seminar o’tkazib berish.
Adam:- Hmm.. Tashkilotingiz yana nima ishlar bajaradi?
Men:- Bizning maqsadimiz: Millatdoshlarimiz o’z ona tillarini, dinini, urf-odatlarini saqlab qolsalar, yoshlarimizga yaxshi tarbiya bersak-toki ular yomon yo’llarga kirib ketmasinlar. Qolaversa, bizning o’zbeklarimiz haqida amerikaliklarga faqat yaxshi taassurot qoldirish.
Adam: – Bu ishlaring uchun sizlarga kim pul beradi?
Men: – Hech kim. Biz hammamiz- (Hay’at a’zolarimiz 12 kishi) kongilli, bepulga ishlaymiz. Niyatimiz xolisanilloh xalqimizga xizmat qilish.
Adam: Aka men Sizni tushuna olmadim.Bundan sizlarga nima naf? Qancha vaqtlaring ketadi, asablaring ketadi -hech qanday foyda bo’lmasa…
Masalan , men uchun tilni ham, dinni ham hech qanday ahamiyati yo’q. Mening bolalarim dunyoviy ilmlarni yaxshi egallasalar, yaxshi ishlar olsalar bas.
Bolalarni yomon yo’llardan qaytarib nima qilasiz? Bu er ozod er, har kim o’zi uchun javob beradi. Qaytangga o’sha yomon ishlarni ham bo’lib turgani yaxshi- boshqalarga saboq bo’ladi.To’g’risini aytsam men o’zimizning o’zbeklardan uzoqroq yurishga harakat qilaman. Ularning hatti-harakatlari meni uyaltiradi. (Men endi tushunganday bo’ldim- u nima uchun ism-familiyasini o’zgartirganini).
Men: To’g’riku-ya, ba’zi millatdoshlarimiz o’zlarining noto’gri harakatlari bilan boshqa larni uyaltirishadi. Lekin, baribir buning bilan biz o’zbekligimizdan qochib qutula olmaymiz. Undan ko’ra mana shunaqa tashkilotlar tuzib va turli tadbirlar o’tkazib millatdoshlarimizni xatolarini tuzatib borsak,intellectlarini ko’tarsak shu yaxshi emasmi?
Adam: – E, aka bularga tushuntiraman deb umringiz qanday o’tkanini bilmay qolasiz.
Bu besh kunlik dunyda inson o’zi uchun ham yashashi kerakku, axir…
Xullas, gap shu erga kelganda telefonimni zaryadi tugab, aloqa uzilib qoldi.

O’ylab-o’ylab, ushbu mavzuni siz- millatdoshlar hukmiga havola etishni lozim topdim.
Xo’sh, bu “besh kunlik” dunyo deb har kim o’z bilganicha yashayvergani durustmi, yoki kimgadir yordam berish, yaxshilikka chorlash, yomonlikdan qaytarish, xullas hech bo’lmasa o’z xalqi uchun ozgina bo’lsada xolis xizmat qilib yashash ma’qulmi?
Qisqa qilib aytganda YASHASHDAN MAQSAD NIMA? Siz nima deysiz, azizlar?

Olim Sharipov , 11 Yanvar,2016

Editorial Team

Editorial Team

Share this article

Share on facebook
Share on twitter
Share on odnoklassniki