Yaxshilik bu dunyoda ham qaytadi

Bu hikoyani menga Qashqadaryolik bir do’stim aytib bergan edi.

O’tgan asrning 80-yillarida bo’lgan ekan. Ayni yoz pallasida Qashqadaryoning Kitob tumanida yashovchi bir amaldor (U kishi yo kolxoz raisi yoki zavod direktori bo’lgan) kech soat 10-larda Samarqanddan Kitobga  qaytayotgan ekan. Kechasi qorong’ida tog’ yon bag’rida to’xtab turgan “Zaporojets” rusumli mashinaga ko’zi tushib shofyoriga to’xtashga ishora qilibdi. To’xtab turgan mashina oldiga borsalar bir rus erkak  va bir ayol bor ekan. Ma’lum bo’ishicha ular xotini bilan tog’ tomonga dam olishga chiqishgan. Qaytishda mashinalari bu’zilib qolgan. Shunda haligi Kitoblik amaldor shofyoriga mashinani (mashina rusumi GAZ-69 edi) orqaga  qaytarishga va buzilgan mashinani shatakka olishga buyuribdi. Shunday qilib ular Samarqandga, haligi ruslarning uyigacha olib borib qo’yishibdi. Bu yordamdan xursand bo’lib ketgan kishi uning ism-familiyasini yozib olibdi.

Oradan bir necha yil o’tgan edi. O’zbekistonga “Paxta ishi” bo’yicha katta tergov guruhi yuborilgan, Gdlyan- Ivanov boshchiligifagi tergovchilar  respublikadagi rahbar kadrlarni qamoqqa ola boshladilar. Shular qatorida Kitoblik amaldor ham hibsga olingan va Samarqand qamoqxonasida ekan.

Baxtini qarangki haligi rus kishi advokat ekan. U qayerdadir o’ziga tanish ism-familiyani, ya’ni Kitoblik amaldorni nomini ko’rib qolibdi. Va shu zahoti uni advokatligini o’z zimmasiga olibdi. U astoydil harakat qilib, Kitoblik kishini turmadan chiqishiga yordam beribdi.

Azizlar, har bir yaxshilikka olloh taalo u dunyoda mukofotini beradi , deyishadi. Ba’zi yaxshiliklar uchun mukofotni ham bu dunyoda, ham u dunyoga berar ekan.

Olim Sharipov

Editorial Team

Editorial Team

Share this article

Share on facebook
Share on twitter
Share on odnoklassniki