Bosh Muharrir

O’zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov bilan suhbat

Chingiz Aytmatov, Sharof Rashidov, Abdulla Qahhor vaboshqalarhaqida. O’zbekiston Qahramoni, Xalq Shoiri Abdulla Oripov bilan Chikago O’zbek-Amerika Jamiyatining bir guruh a’zolari uchrashuvi. Olim Sharipov Men 70-yilarldan buyon Abdulla akaning sherlari muxlisiman. O’shanda biz studentlar Abdulla Oripov bilan bo’lgan uchrashuvlarda borganimizda zalda joy yetishmas edi. Uning ovozi shirali va o’ziga hos yoqimli edi. U barcha she’rlarini yoddan o’qib berardi. Keyinchalik men Abdulla aka bilan shaxsan tanishishga va bir qancha suhbatlarini olish baxtiga muyassar bo’lganman. Oradan yillar o’tdi. Men taqdir taqazosi bilan Chikago shaxriga yashashga  kelib qoldim. Abdulla akaning Hyuston shaxriga davolanish uchun kelganini eshitib unga qo’ng’iroq qildim. Men uni Chikago shaxriga taklif qilganimda u o’z uzr so’rab, davolanishda  ekanini aytib, Chikagoga kela olmasligini ma’lum qildi. Shunda biz jamiyatimizning bir nechta a’zolari bilan o’zimiz borib  uni ziyorat qilishga qaror qildik. Biz Abdulla aka bilan uning o’tmish xotiralari, sheriyati, buyuk kishilar bilan uchrashuvi xaqidagi yodnomalarini 3 kun davomida mazza qilib eshitdik. Quyida men Abdulla aka bilan bo’lgan savol javoblarni qisqacha matnini keltiraman, shoyadki, bu aziz o’quvchilarga qiziqarli bo’lsa.   Men: -Abdulla aka, o’zingiz yozganingizdek: “Yillar umrimizga qilurmi shavqat, Biror ish bormikan aylagani yod. Qayta tiklash mumkin hammasin faqat, Qayta tiklanmagay o’chgan xotirot” . Keling Abdulla aka siz buyuk kishilar, taniqli arboblar,  shoir va yozuvchilar haqidagi  xotiralaringizdan so’zlab bersangiz. Meni va men  bilan kelgan yigitlarning Sizdan so’raydigan savollari asosan shular haqida. Abdulla aka: -Bajonidil. Avvalam, shuncha uzoq yo’llardan meni ko’rgani kelganingiz uchun xursandman. Farruh Shamsiddinov savoli: – Abdulla aka, men O’sh shaxridanman. Ismim Farruhbek. Sizning ” Ishonch ko’priklari”  nomli kitobingizdagi “Kaliforniyadagi Choyxo’rlik” sheringizni o’qib, bundan oldin xam AQShga kelganligingizni guvoxi bo’ldim. Aytingchi, oldingi, ya’ni Sovet davridagi tashrifingizdan  xozirgi tashrifingizdan nima farqi bor? Abdulla Oripov: -To’g’ri aytdingiz. Men bundan avval ham AQShga bir necha marta kelib ketganman. Dastlab 70 yillarda kelganman. Bizga o’shanda AQShni chirib borayotgan kapitalizm jamiyati deb tanishtirishar edi. Va bizni kelishimizdan oldin ma’lum mahkamalar suhbatdan o’tkazib, bir qancha tavsiyalar berishar edi.  U paytlarda bizning har bir qadamimiz nazoratda edi. O’zlaringiz guvoh bo’lganingizdek, Sovet tizimi parchalanib ketdi. Kapitalizm bilan bo’lgan raqobatga dosh bera olmadi. Yaxshi tomoni shu bo’ldiki, vatanimiz mustaqil bo’ldi. Endigi kelishim esa juda erkin Bugungi kunda men dunyodagi eng katta tibbiyot markazida ekanman, Amerikada ilm-fan nixoyatda taraqqiy etganligining guvohi bo’lib turibman. Akmal Jumaboyev savoli: -Men Andijondanman. Ismim Akmal. Shoir Muhammad Yusuf haqida gapirib bersangiz. Abdulla Oripov: -Ha. Muhammadjon mening shogirdim edi. Nafaqat shogirdim balki yozuvchilar uyushmasida mening o’rinbosarim ham edi. U iqtidorli shoir edi. Hatto uning senator bo’lishiga ham men yelib yugurganman. Afsuski u yosh ketdi. Qoraqolpog’istonga borganimizda Ellikqal’a tumanida o’zim guvohligimda joni uzuldi. Gulshanbek Toktobaev savoli: -Men Qirg’izistondanman. Ismim Gulshanbek. Sizni Chingiz Aytmatov bilan tanishligingiz bor deb eshitgandim. Shu haqidagi xotiralaringizni gapirib bersangiz. A.Oripov: -Ha, Chingiz og’a buyuk yozuvchi edi. U meni o’z do’stidek ko’rar edi. Men u bilan ko’p muloqot qilganman. U Toshkentga oxirgi tashrifida, men uni o’z uyimga taklif qildim. Shunda u:   ‘Abdulla, men sening uyinga boraman. Lekin, bilaman sening do’stlaring ko’p. Sen ularni barchasini taklif qila olmaysan. Agar, bir ikkitasini taklif qilib, qolganlarini aytmasang, ular sendan hafa bo’lishadi. Kel , yaxshisi biror restoranda suhbatlashib qo’ya qolaylik dedi. O’ylab ko’rsam, u haq ekan. Sirasini aytsam, u o’zbek halqining haqiqiy do’sti edi. Lekin uning o’zbeklarga bo’lgan do’stona munosabatini ba’zi vatandoshlari  hushlamas edilar. Eldor Ashurov: -Men Eldor Ashurov, Sirdaryo viloyatidan. O’zbekistonning sobiq raxbari Sharof Rashidov bilan munosabatingiz yaxshi bo’lgan deb eshitganman. Shular haqida gapirib bersangiz. Abdulla Oripov: -Darhaqiqat, Sharof aka nafaqat uddaburon rahbar, balki buyuk ziyoli inson edi. Bu albatta uning yozuvchilikdan chiqqanligidan bo’lsa kerak. Kunlardan  bir kuni kvartiramda telefon jiringlab qoldi. Ko’tarsam Sharof aka: ” Abdullajon o’g’il ko’ribsiz deb eshitdim. Tabriklayman. Ismini nima qo’ydingiz?” deb so’radilar. Katta bir o’zbekiston rahbarining kichkina bir shoirga bo’lgan munosabatidan hayajonlaib ketdim. “Rahmat Sharof aka, hali ism qo’ymadik. Siz va Bobosi ism tanlab berasizlarda endi. Bo’lmasa, uning ismini Ilhom qo’ying. Ilhomlarga to’lib yursin, dedilar. Men otamga bu haqda maslahat soldim. Darvoqe,yaqin qarindoshlarimizdan  birining o’g’lini oti ham Ilhom edi. Shunga qaramay,  otam “zarari yo’q, agar Sharfor bobosi tanlagan bo’lsalar, men roziman” dedilar. Undan keyin ham Sharof aka menga doimo  rahnamolik  qilganlar. Ba’zi bir yozgan sherlarim uchun boshimga bir qancha balolar yog’ilganda, u kishi meni mard turib  himoya qilganlar. Men Sharof akaning yaxshiliklarini hech qachon unutmayman. Men: Abdullaka, ustozingiz kim? A.Oripov: Menda  Erkin Vohidov yoki O’tkir Hoshimovlar kabi biror bir adabiyot to’garagiga  qatnash imkoniyati bo’lmagan . Lekin, o’rtamaktabni oltin medalga bitirganman. Keyin, Toshkent Davlat Universitetining Filologiya fakultetiga o’qishga kirdim. Shunda  mening adabiyot maydoniga kirib kelishimga rahmatli Abdulla Qahhor ko’p rahnamolik qilgan. Men: -Maroqli suhbatingiz uchun katta rahmat, Abdulla aka. Yangi yozgan sherlaringizda o’qib bersangiz. Abdulla Oripov: -Ha. Garchi davolanayotgan bo’lsamda, Hyustondagi ijodim sermazmun o’tyapdi. Shu paytgacha Hyustonda yozgan sherlarimning soni 85 taga yetdi. Shu tariqa Abdulla aka bizlarga “O’tar Dunyo” va “Agar Sensiz” deb nomlangan sherlaridan o’qib berdilar. Sherlaridan bahramand bo’lgach, u kishiga tashakkur aytib, Chikagolik o’zbeklarga tilaklarini ham eshitdik. A.Oripov: -Chikagolik o’zbeklar qilayotgan ishlar haqida bir qancha iliq gaplar eshitganman. Olimjon, sizning rahbarliginigzda tilimiz va madaniyatimini saqlab qolish va Amerikaliklarga o’zbek millatini , O’zbekistonni  tanitish borasida qilayotgan ishlaringiz  ibratlidir. Men, bir xasta shoirni ziyorat qilish uchun shuncha masofadan  kelganlaringiz uchun minnatdorman. Qayerda bo’lsararing  ham sog’ bo’linglar. Millatimiz,vatanimiz sha’nini baland ko’taraveringlar. Men: Abdulla aka, sizgayam katta rahmat. Alloh o’zi  dardingizga shifo bersin. Muxlislaringiz , bola-chaqalaringiz  baxtiga omon bo’ling. 12 Sentabr, 2015 yil Hyuston shahri, Texas.

O’zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov bilan suhbat Read Post »

Keyingi bekat “Tinchlik” – Olim Sharipov

Bundan bir necha hafta oldin uyga bozorlik qilgani bir do’konga kirdim. Do’konda men yaxshi ko’rgan non qolmagan ekan. Egasi “Xozir yangi yopilganini olib kelishadi. Besh daqiqa kuting” deb aytdi. Non olib kelishlarini kutar ekanman, do’kon ho’jayini meni zeriktirmaslik uchun gapga soldi. U kishi bir Yamanlik arab ekan. Ob­-havodan boshlangan suhbat Yamanda kechayotgan to’palonga o’tib ketdi. Do’kon egasi yurtida bo’layotgan voqealardan xafa bo’lib, menga hasrat qildi. Nafaqat Yamanda, balki butun O’rta Sharqda ro’y berayotgan urushni gapirib berdi. Millatiga va yurtiga achinib, chin yurakdan kuyinib gapirganini u insonning ko’zlaridan bilsa bo’lar edi. Suhbat chog’ida Yamanlik kishi mendan qayerdanligim haqida so’radi. O’zbekistondanligimni aytdim. ‘Yurtingiz tinchmi?’ degan savoliga “Xudoga shukur, Yurtimiz tinch” deb javob berdim va bu “Xudoga shukur” har kungi aytiladigan “Xudoga shukur”dan ko’ra boshqacharoq chiqdi. Uyga qaytar ekanman, do’kon egasining aytgan gaplarini eslab, goh O’rta Sharqdagi urush ko’z oldimdan o’tardi, goh O’zbekistondagi tinchlikni eslab, hursand bo’lardim. Yurtimiz tinch bo’lgani uchun, yaqinlarimiz sog’­-salomat yashab yurganlari uchun yo’l­ yo’lakay Xudoga shukur aytib ketdim. Aziz vatandoshlar, hozir ayni ehtiyot bo’lish kerak bo’lgan zamon. E’tibor beringda, hamma urushga kirib ketayapti. Odamlar birin ketin, o’zi bilmagan holda to’polonlarga aralashib qolib, hech qancha o’tmay o’z yurtlarini vayronaga aylantiryaptilar. Hatto, sekin­ asta O’rta Sharqda joylashgan badavlat, neftga mast bo’lgan, boshqa mamlakatlardagi urushlarni moliyalashtirayotgan davlatlarning o’zlarining boshlari tomon ham “urush” deb atalmish qora bulutlar yaqinlashib kelmoqda. Xudo asrasin. Ayni shunday zamonda biz o’zbeklar urush balosidan ehtiyot bo’lmog’imiz shart. Hamma qurol ko’tarayotgan bir payt biz o’zbeklar qalam ko’tarmog’imiz zarur. Butun e’tiborimizni ma’rifatga qaratishimiz kerak. Bilingki, tinchlik bor yurtda sekinmi tezmi, albatta rivojlanish bo’ladi. Urush bo’lgan yurtda esa hech qanday rivojlanish bo’lmaydi. Afsuski, bizning oramizdan ham har xil oqimlarga aralashib qolib, o’zini va oila ­a’zolarini qiyin ahvolga solib qo’yayotganlar chiqib turibdi. O’z yurtlari va O’zbek degan nomga uyat olib kelyaptilar. Alloh yo’lida savob ish qilyapman deb o’ylab, aslida Islom olamiga zarar bo’gan ishlarga qo’l urib qo’yyaptilar. Yurtdoshlarimizning qing’ir yo’llarga kirib qolayotganlariga sabab, avvalo, ma’rifatning sayozligi. Bilimli odamlar bilimsiz odamlarni boshqarib kelgan va bundan keyin ham boshqaradi. Ma’rifati yuqori bo’lgan odamlar yaxshilikni mayda ishlardan boshlashdan uyalmaydilar. Ma’rifatsiz odamlar esa birdaniga katta ish qilaman deb, ahmoqona ishlarga qo’l urib qo’yadilar. Shuning uchun, azizlar, ilm o’rganishimiz juda zarur. Ilm olish va odamlarga ilm ulashish bu Payg’ambarladan qolgan me’rosdir. Millatdoshlarimizning qing’ir yo’llarga kirib qolayotganiga ikkinchi sabab bu ota ona, yaqin qarindoshlardan uzoq bo’lishdir. Ijtimoiy hayoti qizg’in bo’lgan odamning hayoliga har xil bo’mag’ur narsalar kelavermaydi. Shuning uchun sevib, sevilib yashash juda muhim. Atrofingizda ota­ ona, xotin, bola-­chaqangiz bo’lsa, o’zingizni yaxshi his qilasiz. Uchinchi muammo, odamning ishi yurishmayotganligida. Oilasida muammosi bo’lgan va ishi yurishmayotgan odamning ko’ziga dunyo qorong’u bo’lib ketadi. Natijada, ba’zilar birdaniga dinga qattiq berilib ketadilar va ekstrimistlar qo’llarida o’yinchoq bo’lib qoladilar. Buni psixologlar ko’p ta’kidlaydilar. Hammaning hayotida omadsizliklar bo’lib turadi. Omadsizlik kelgan paytlar qurol ko’tarish emas, balki sabr qilmog’imiz kerak. Aziz vatandoshlar va millatdoshlar, agar siz tanigan odamlardan birortasi Amerikada yolg’iz yurgan bo’lsa, qiynalayotgan bo’lsa, ularga Chikagoda birdam yashaydigan o’zbeklar jamiyati borligi haqida xabar bering. Agar, bu odam o’zingiz bo’lsangiz va ushbu maqolani o’qib turgan bo’lsangiz, albatta bizga yoki boshqa o’zbek jamiyatlariga qo’shiling. Chikagodagi o’zbeklar jamiyati hech qanday siyosatga aralashmaydigan jamiyatdir. Bu yerga kelsangiz, sizdan birov hujjatingiz haqida so’ramaydi. Bu bizning ishimiz emas. Chikago o’zbeklari tez-­tez bayramlar uyishtirib turishadi. O’zbek bolajonlar uchun “O’zbek tili va madaniyati” darslari ochilgan. Chikagolik o’zbeklarning Instagram, Facebook, Viber va Twitter sotsial tarmoqlarida gruppalari bor. Ushbu gruppalar orqali bir birlari bilan bog’lanib turadilar hamda ish topishda, uy topishda va boshqa masalalarda bir birlariga maslahatlar berib turadilar. Futbol uyishtirib turiladi. Boshqa shtatlardagi o’zbeklar oldiga ilmiy va madaniy uchrashuvlarga safarlar uyushtirib turiladi. Hullas, biz bilan birga bo’lsangiz zerikmaysiz. Biz uchun millatdoshlarimizning yuzlari oynai jahonda terrositik ayblovlar bilan ko’rinishi va O’zbekistonimizning nomi bulg’anishi juda achinarli. Undan ko’ra, keling birgalashib ilm o’rganaylik, farzandlarimizga ma’rifat ulashaylik. Biz va farzandlarimizning yuzlari oynai jahonda ma’rifat cho’qqilarini zabt etganligi uchun ko’rinsin va butun jahon o’zbeklari bizlardan fahrlansinlar.

Keyingi bekat “Tinchlik” – Olim Sharipov Read Post »

AQShda daromad soliqlari-Olim Sharipov blogi

“Mening  tushunishim qiyin bo’lgan eng murakkab narsa bu-soliqdir” Albert Eyneshteyn AQSH da soliqlar boshqarmasi (IRS)bu mamlakatning moliyaviy vazirligiga(Department of Treasure )qarashli bo’lib,soliq ishlari bo’yicha jahonning eng mukammal sistemalaridan hisoblanadi. Faqat 2010 moliyaviy yilning o’ziga soliqlar boshqarmasi 2.3 trillion dollar daromad qilgan, 230 million soliqlar deklaratsiyasini bajarilgan. Soliq boshqarmasining maqsadlari: -Soliq to’lovchilarga ularning huquq va majburiyatlarini to’g’ri bajarishlari uchun yuqori sifatli xizmat kursatish;-Soliq qonunlarini adolatli bajarilishini ta’minlash.-AQSH da soliq to’lovchilarning soliq qonunlariga rioya qilishlarini talab qilish va qonunlarni qabul qilish bilan congress shug’ullanadi. Soliq to’lovchilar quyidagi huquqlarga egadirlar: -Soliqlar boshqarmasining vakili siz bilan muloqotda bo’lgan paytda sizning huquqlaringizni tushintiriishi kerak;-Soliqlar boshqarmasi(IRS)sizga tegishli bo’lgan ma’lumotlarni boshqa bir  shaxsga yoki boshqa maqsad yolida oshkor qilmasligi kerak;-Siz bilan xushmuomala munosabatda bo’lishi kerak;-Soliqlaringiz buyicha siz o’zingizni himoya qilishingiz mumkin yoki soliqlar boshqarmasining  ruxsatnomasiga ega bulgan shaxs:A)Advokat (Attorney)B)Diplomga ega bo’lgan xisobchi –revizor.C)AQSH soliq boshqarmasining ro’yxatidan o’tgan vakil(Enrolled Agent) orqali bajarishingiz mumkin.Siz faqatgina to’gri hisoblangan soliqlarni to’lash uchun javobgarsiz. Agar siz mazkur soliq summasini  bir vaqtning o’zida to’lay olishga imkoniyatingiz bo’lmasa  sizga oyma –oy to’lab borishingiz uchun imkoniyat yaratiladi va ruxsat beriladi. Soliq sistemasining asoslari AQSHda doimiy yashovchi,daromadga ega bo’lgan va ma’lum talablarga javob bera oladigan har qanday shaxs soliq deklaratsiyasini to’ldirishga javobgardirlar. Bu narsa shaxsning immigrantlik statusiga emas balki daromadiga bog’liqdir.Soliq deklaratsiyasini  har yilda bir marotaba 15 aprelgacha bo’lgan muddatdan kechiktirmasdan to’ldirilishi kerak.2012 yilda soliqlar uchun asosan quyidagi o’zgartirishlar kiritildi.-Kishi boshiga umumiy daromaddan ajratib tashlanadigan yengilliklar(lgota) $3800.(2011 yil uchun $3700)Standart ushlamalar :-Er-xotin uchun $11.900 (2011 yilda $11600);-Yakka tartibda bo’lsa $5950 (2011 yilda $5800).– Va boshqalar. Umuman olganda AQSHda soliqlar sistemasi ancha mukammal va adolatlidir. Kamina ham shu sohaga juda qiziqib qolib 5 yildan buyon soliqlar sohasini o’rganib kelmoqdaman. O’zimning xususiy biznesim bo’lganligi sababli dastlab  Turbo TAX programmasi bilan ishlay boshladim. Undan keyin H&R Block kompaniyasiga tegishli kursga kirib o’qib,maxsus soliq hisoblashga haqli sertifikatga ega bo’ldim.Keyinchalik ATX,USA TAX,Tax Act kabi soliqlarni hisoblashga muljallangan dasturlar bilan ishladim.O’tgan 2012 yilda bir qancha kishilarga, xususan  O’zbekistonlik vatandoshlarimizning ham daromad soliqlarini hisoblab berdim.Bu yil ham shu sohada faoliyatimni davom ettirayapman. Vatandoshlarimizdan kimda kim  daromad soligini hisoblashda biror bir savol yoki ko’mak kerak bo’lsa ,marhamat mening telefon raqamim: (708)415 17 43 yoki quyidagi e-mail orqali bog’lanishingiz mumkin:sharipovolim@yahoo.comOlim Sharipov,Chicago

AQShda daromad soliqlari-Olim Sharipov blogi Read Post »

Scroll to Top