Chingiz Aytmatov, Sharof Rashidov, Abdulla Qahhor vaboshqalarhaqida.
O’zbekiston Qahramoni, Xalq Shoiri Abdulla Oripov bilan Chikago O’zbek-Amerika Jamiyatining bir
guruh a’zolari uchrashuvi.
Olim Sharipov
Men 70-yilarldan buyon Abdulla akaning sherlari muxlisiman. O’shanda biz studentlar Abdulla Oripov bilan bo’lgan uchrashuvlarda borganimizda zalda joy yetishmas edi. Uning ovozi shirali va o’ziga hos yoqimli edi. U barcha she’rlarini yoddan o’qib berardi. Keyinchalik men Abdulla aka bilan shaxsan tanishishga va bir qancha suhbatlarini olish baxtiga muyassar bo’lganman. Oradan yillar o’tdi. Men taqdir taqazosi bilan Chikago shaxriga yashashga kelib qoldim. Abdulla akaning Hyuston shaxriga davolanish uchun kelganini eshitib unga qo’ng’iroq qildim. Men uni Chikago shaxriga taklif qilganimda u o’z uzr so’rab, davolanishda ekanini aytib, Chikagoga kela olmasligini ma’lum qildi. Shunda biz jamiyatimizning bir nechta a’zolari bilan o’zimiz borib uni ziyorat qilishga qaror qildik. Biz Abdulla aka bilan uning o’tmish xotiralari, sheriyati, buyuk kishilar bilan uchrashuvi xaqidagi
yodnomalarini 3 kun davomida mazza qilib eshitdik. Quyida men Abdulla aka bilan bo’lgan savol javoblarni qisqacha matnini keltiraman, shoyadki, bu aziz o’quvchilarga qiziqarli bo’lsa.
Men:
-Abdulla aka, o’zingiz yozganingizdek:
“Yillar umrimizga qilurmi shavqat,
Biror ish bormikan aylagani yod.
Qayta tiklash mumkin hammasin faqat,
Qayta tiklanmagay o’chgan xotirot”
.
Keling Abdulla aka siz buyuk kishilar, taniqli arboblar, shoir va yozuvchilar haqidagi xotiralaringizdan so’zlab bersangiz. Meni va men bilan kelgan yigitlarning Sizdan so’raydigan savollari asosan shular haqida.
Abdulla aka:
-Bajonidil. Avvalam, shuncha uzoq yo’llardan meni ko’rgani kelganingiz uchun xursandman.
Farruh Shamsiddinov savoli:
– Abdulla aka, men O’sh shaxridanman. Ismim Farruhbek. Sizning ” Ishonch ko’priklari” nomli kitobingizdagi “Kaliforniyadagi Choyxo’rlik” sheringizni o’qib, bundan oldin xam AQShga kelganligingizni guvoxi bo’ldim. Aytingchi, oldingi, ya’ni Sovet davridagi tashrifingizdan xozirgi
tashrifingizdan nima farqi bor?
Abdulla Oripov:
-To’g’ri aytdingiz. Men bundan avval ham AQShga bir necha marta kelib ketganman. Dastlab 70 yillarda kelganman. Bizga o’shanda AQShni chirib borayotgan kapitalizm jamiyati deb tanishtirishar edi. Va
bizni kelishimizdan oldin ma’lum mahkamalar suhbatdan o’tkazib, bir qancha tavsiyalar berishar edi. U paytlarda bizning har bir qadamimiz nazoratda edi.
O’zlaringiz guvoh bo’lganingizdek, Sovet tizimi parchalanib ketdi. Kapitalizm bilan bo’lgan raqobatga dosh bera olmadi. Yaxshi tomoni shu bo’ldiki, vatanimiz mustaqil bo’ldi. Endigi kelishim esa juda erkin Bugungi kunda men
dunyodagi eng katta tibbiyot markazida ekanman, Amerikada ilm-fan nixoyatda taraqqiy etganligining guvohi bo’lib turibman.
Akmal Jumaboyev savoli:
-Men Andijondanman. Ismim Akmal. Shoir Muhammad Yusuf haqida gapirib bersangiz.
Abdulla Oripov:
-Ha. Muhammadjon mening shogirdim edi. Nafaqat shogirdim balki yozuvchilar uyushmasida mening o’rinbosarim ham edi. U iqtidorli shoir edi. Hatto uning senator bo’lishiga ham men yelib yugurganman. Afsuski u yosh ketdi. Qoraqolpog’istonga borganimizda Ellikqal’a tumanida o’zim guvohligimda joni
uzuldi.
Gulshanbek Toktobaev savoli:
-Men Qirg’izistondanman. Ismim Gulshanbek. Sizni Chingiz Aytmatov bilan tanishligingiz bor deb eshitgandim. Shu haqidagi xotiralaringizni gapirib bersangiz.
A.Oripov:
-Ha, Chingiz og’a buyuk yozuvchi edi. U meni o’z do’stidek ko’rar edi. Men u bilan ko’p muloqot qilganman. U Toshkentga oxirgi tashrifida, men uni o’z uyimga taklif qildim. Shunda u: ‘Abdulla, men sening uyinga boraman. Lekin, bilaman sening do’stlaring ko’p. Sen ularni barchasini taklif qila olmaysan. Agar, bir ikkitasini taklif qilib, qolganlarini aytmasang, ular sendan hafa bo’lishadi. Kel , yaxshisi biror restoranda suhbatlashib qo’ya qolaylik dedi. O’ylab ko’rsam, u haq ekan. Sirasini aytsam, u o’zbek halqining haqiqiy do’sti edi. Lekin uning o’zbeklarga bo’lgan do’stona munosabatini ba’zi vatandoshlari hushlamas edilar.
Eldor Ashurov:
-Men Eldor Ashurov, Sirdaryo viloyatidan. O’zbekistonning sobiq raxbari Sharof Rashidov bilan munosabatingiz yaxshi bo’lgan deb eshitganman. Shular haqida gapirib bersangiz.
Abdulla Oripov:
-Darhaqiqat, Sharof aka nafaqat uddaburon rahbar, balki buyuk ziyoli inson edi. Bu albatta uning yozuvchilikdan chiqqanligidan bo’lsa kerak. Kunlardan bir kuni kvartiramda telefon jiringlab qoldi. Ko’tarsam Sharof aka: ” Abdullajon o’g’il ko’ribsiz deb eshitdim. Tabriklayman. Ismini nima qo’ydingiz?” deb so’radilar. Katta bir o’zbekiston rahbarining kichkina bir shoirga bo’lgan munosabatidan
hayajonlaib ketdim.
“Rahmat Sharof aka, hali ism qo’ymadik. Siz va Bobosi ism tanlab berasizlarda endi. Bo’lmasa, uning ismini Ilhom qo’ying. Ilhomlarga to’lib yursin, dedilar. Men otamga bu haqda maslahat soldim. Darvoqe,yaqin qarindoshlarimizdan birining o’g’lini oti ham Ilhom edi. Shunga qaramay, otam “zarari yo’q, agar Sharfor bobosi tanlagan bo’lsalar, men roziman” dedilar.
Undan keyin ham Sharof aka menga doimo rahnamolik qilganlar. Ba’zi bir yozgan
sherlarim uchun boshimga bir qancha balolar yog’ilganda, u kishi meni mard turib himoya qilganlar. Men Sharof akaning yaxshiliklarini hech qachon unutmayman.
Men:
Abdullaka, ustozingiz kim?
A.Oripov:
Menda Erkin Vohidov yoki O’tkir Hoshimovlar kabi biror bir adabiyot to’garagiga qatnash imkoniyati bo’lmagan . Lekin, o’rtamaktabni oltin medalga bitirganman. Keyin, Toshkent Davlat Universitetining Filologiya fakultetiga o’qishga kirdim. Shunda mening adabiyot maydoniga kirib kelishimga rahmatli Abdulla
Qahhor ko’p rahnamolik qilgan.
Men:
-Maroqli suhbatingiz uchun katta rahmat, Abdulla aka. Yangi yozgan sherlaringizda o’qib bersangiz.
Abdulla Oripov:
-Ha. Garchi davolanayotgan bo’lsamda, Hyustondagi ijodim sermazmun o’tyapdi. Shu paytgacha Hyustonda yozgan sherlarimning soni 85 taga yetdi.
Shu tariqa Abdulla aka bizlarga “O’tar Dunyo” va “Agar Sensiz” deb nomlangan sherlaridan o’qib berdilar.
Sherlaridan bahramand bo’lgach, u kishiga tashakkur aytib, Chikagolik o’zbeklarga tilaklarini ham eshitdik.
A.Oripov:
-Chikagolik o’zbeklar qilayotgan ishlar haqida bir qancha iliq gaplar eshitganman. Olimjon, sizning rahbarliginigzda tilimiz va madaniyatimini saqlab qolish va Amerikaliklarga o’zbek millatini , O’zbekistonni tanitish
borasida qilayotgan ishlaringiz ibratlidir. Men, bir xasta shoirni ziyorat qilish uchun shuncha
masofadan kelganlaringiz uchun minnatdorman. Qayerda bo’lsararing ham sog’ bo’linglar. Millatimiz,vatanimiz sha’nini baland ko’taraveringlar.
Men:
Abdulla aka, sizgayam katta rahmat. Alloh o’zi dardingizga shifo bersin.
Muxlislaringiz , bola-chaqalaringiz baxtiga omon bo’ling.
12 Sentabr, 2015 yil
Hyuston shahri, Texas.