Uncategorized

Бухоронинг афсонавий саройи

Бухоронинг шимолий кенгликларида, шаҳар шовқинидан йироқда жойлашган Ситораи Моҳи Хоса — шунчаки амирларнинг ёзги қароргоҳи эмас, балки сукутга чўмган тарих, Шарқ нафосати ва Ғарб ҳашамати тўқнашган ноёб меъморий афсонадир. 6,7 гектарлик яшил воҳа бағрида қад ростлаган ушбу мажмуа номи «Ой ва юлдузлар каби гўзал макон» деган маънони англатиб, Манғитлар сулоласининг уч авлоди томонидан яратилган бетакрор санъат дурдонасидир. XIX асрнинг ўрталарида Насруллахон ва Музаффархон даврида дастлабки пойдевори ўрнатилган ушбу кошона Амир Абдулаҳадхон ва охирги амир Саид Амир Олимхон ҳукмронлиги йилларида ўзининг мукаммал ва маҳобатли қиёфасига эга бўлди. Эски саройнинг баланд ва кенг заллари, европача эшик ва деразалари, болохонали айвонлари шарқона меъморчиликка ўзгача руҳ бағишлаган бўлса, Абдулаҳадхон томонидан қурдирилган ва ғарбий томонига шоҳона тахт ўрнатилган сарой қисми ҳукмдорларнинг юқори дидидан далолат беради.​Саройга яқинлашганингизда, энг аввало, Шарқ биносозлиги анъаналаридан бутунлай фарқ қилувчи, тўқ қизил, кўк ва бинафшаранг кошинлар билан безатилган муҳташам равоқли дарвоза эътиборни тортиб, сизни бошқа бир сеҳрли дунёга етаклайди. Амирлик усталарининг миллий сиркори парчинлари ва Россиядан келтирилган кафел қопламаларининг уйғунлиги, ёғоч ўймакорлигининг энг нафис намуналари ва мис гулмихлар билан безатилган қўш табақали дарвоза бу ердаги ҳар бир деталга нақадар катта эътибор берилганини кўрсатади. Дарвозахонадан ташқи ҳовлига ўтганингизда, сизни Ғозғон мармаридан моҳир уста Абдураҳим томонидан ўйиб ишланган ва саройнинг мангу посбонларидек савлат тўкиб турган шер ҳайкаллари кутиб олади. Ҳовлининг шимолида катта айвон, ғарбида эса бутун мажмуанинг юраги ҳисобланган машҳур Оқсарой жойлашган.​ Уста Ширин Муродов бошчилигидаги моҳир усталар томонидан икки йил давомида барпо этилган ва пардозланган бу залнинг деворлари тўлиқ кўзгулар билан қопланган бўлиб, уларнинг устига ишланган гулганч безакларнинг бенуқсон оқлиги хонага кирган кишининг кўзини қамаштиради ва ўзгача сеҳрли кайфият бағишлайди. Рус муҳандислари Сакович ва Маргулис томонидан лойиҳалаштирилган қабулхона хоналари эса Европанинг сарой заллари каби бир-бирига уланиб кетган.​ Саройни ўраб турган хушманзара боғнинг шимолида маҳаллий меъморчилик усулида қурилган икки қаватли, ярим доира шаклидаги ҳарам ва унинг хизматкорлари учун мўлжалланган шинам ҳовлича яширинган. Боғнинг қоқ марказида жойлашган, деворларига тилла ва кумуш суви югуртирилган саккиз қиррали шоҳона кўшк эса амирнинг энг азиз меҳмонлари учун оромгоҳ вазифасини ўтаган. Боғнинг жанубида жойлашган, катта ҳовуз ва икки қаватли масжид бу маконнинг сокин ва афсонавий муҳитини тўлиқ намоён этади. Бир пайтлар амирларнинг сурурли онларига ва давлатнинг қалтис сиёсий қарорларига гувоҳ бўлган бу муҳташам сарой-боғ бугунги кунда музей-қўриқхона сифатида ўз эшикларини кенг очиб, ўтмишнинг сирли нафосатини асрлар оша замонамиз кишиларига сўзлаб бермоқда. Дилдора ИБРОҲИМОВА, журналист

Бухоронинг афсонавий саройи Read Post »

Chikagolik o’zbeklar jamoasi O’zbekiston respublikasi mustaqilligining 34 yilligini nishonladilar.

Shu yilning 31 avgust kuni chikagolik o’zbeklar jamoasi O’zbekiston respublikasi mustaqilligining 34 yilligini nishonladilar. Bayramda mingdan oshiq kishi ishtirok etdilar. Anjumanda bir necha o’zbek restoranlari milliy taomlari bilan xizmatda bo’ldilar.Bayramda o’zbekona kuy-qo’shiqlar va raqslar ijro etildi.Shuningdek, bolalar o’rtasida shaxmat musobaqasi hamda kattalar o’rtasida arqon tortish musobaqasi bo’lib o’tdi.Turkiyaning Chikagodagi konsullik ,Aurora shaharchasi hokimiyati , Chikagodagi Ozarbayjon diasporasi vakillari qatnashib bizni tabriklashdilar. Bayram nihoyatda qiziqarli va maroqli o’tdi.

Chikagolik o’zbeklar jamoasi O’zbekiston respublikasi mustaqilligining 34 yilligini nishonladilar. Read Post »

2024-yil hisobi

Chikagodagi O’zbek Amerika assotsiyatsiyasi (UAAC) 2009 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelayotgan bo’lib , Chikago va uning atrofida istiqomat qilayotgan millatdoshlarni o’z atrofida birlashtirgan. Tashkilotning asosiy vazifalari muhojirotda yashayotgan millatdoshlarimiz o’rtasida milliy madaniyatimizni, ona tilimiz va dinimizni saqlab qolish, ona- vatan bilan aloqalarni mustahkamlash hamda bu yerda yashayotgan mahalliy xalqlarga o’zbek millatini tanatishdir.Jamiyat shu kunga qadar bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. O’nlab milliy- madaniy fesivallarda ishtirok etdi, minglab vatandoshlarimizni bolalariga o’z ona tillarini o’rganishlariga yordam berdi. Bugungi kunda jamiyat o’zining milliy markazi binosiga ega.Jumladan 2024 yilning o’zida tashkilot tomonidan quyidagi tadbirlar amalga oshirildi. 1.Elgin va Napervil shaharchalarda markazlarda bolalarga o’zbek tili, odobnoma , mental arifmetika hamda Qur’on darslari o’tildi. Shuningdek darslarda O’zbekiston bayrog’I, madhiyasi va davlat tili haqidagi qonunlar qabul qilingani munosabati bilan turli tadbirlar o’tkazildi.

2024-yil hisobi Read Post »

Uzbekistan’s Independence Day Celebration

What an incredible day we had celebrating 33 years of Uzbekistan’s independence together! The Uzbek American Association of Chicago was thrilled to bring our community together on August 31st for a day full of joy, laughter, and tradition. We kicked things off with an amazing car parade that filled the streets with Uzbek pride! Seeing everyone come together, waving flags and honking in celebration, was truly special. A big shoutout to our local favorites— @Milliyfamilyrestaurant ,Chinar,@shahirizada_restaurant, Lazzat Chicago and @ @grillexpress_chicago —for filling our tables with the tastiest Uzbek dishes! You guys made it a true feast. And we can’t forget our awesome photographer Alena Toropov, who captured all the fun and festive moments perfectly! Thanks for helping us keep these memories alive. A special thank you to @arezoo_raqs for the national dance that added even more vibrancy to our celebration. To everyone who joined us: Thank you! Let’s keep celebrating our beautiful culture and supporting each other. We can’t wait for the next one!

Uzbekistan’s Independence Day Celebration Read Post »

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari bilan uchrashuv

28-yanvar kuni UAAC raisi Olim Sharipov va o’zbek tili o’qituvchilari O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Madjidova Rano Urishevna. A’zolar: O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Salisheva Zilola Ismailovna, pedagogika fanlari doktori, professor Muxitdinova Xadicha Sobirovna, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Omanov Pulat Xabitovich bilan ushrashuv tashkil qilindi. Xorijiy tilda so’zlashuvchilarga o’zbek tilini intensiv o’rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” loyihasi haqida ma’lumotlar berishdi. Mazkur loyihaning asosini yaratish va yuqori natijalarga erishishda O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Yashnarbek Ibragimovich Avlakulov, katta o‘qituvchi Zamira Jahongirovna Usmonovalar o’zlarining munosib hissalarini qo’shishgan. Umid qilamizki kelajakda hamkorlik aloqalarimiz davomiy bo’ladi.#uzbekchicago #o’zbek #uzbekistan #uzbekistanuniversity

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari bilan uchrashuv Read Post »

Uzbek Language Holiday Celebration event

“On October 21, 2023, the Chicago Uzbek-American Association organized a holiday event titled “Ona tilim-jonu dilim” near Chicago. This celebration commemorated the 34th anniversary of the Uzbek language being granted the status of a state language. Compatriots from Chicago, neighboring areas, and adjacent states joined in the festivities. Students from the Uzbek school showcased their linguistic talents by reciting poems and singing songs in Uzbek. Through this, the children demonstrated their proficiency in both their ancestral language and English.”

Uzbek Language Holiday Celebration event Read Post »

Chikagoda katta Iftor va mablag’ yig’ish kechasi, o’zbekistonlik ustozlar tashrifi.

Chikagoda katta Iftor va mablag’ yig’ish kechasi.24 aprel , Yakshanba kuni Chikago O’zbek Amerika Assotsiyatsiyasi tomonidan Imom Al- Buxoriy Islom va madaniyat markazi uchun mablag’ yig’ish kechasi- iftor bo’lib o’tdi. Kechada 400 ga yaqin mehmonlar ishtirok etishdi. Saxovatpesha dindosh birodarlarimiz tomonidan bu loyiha uchun 2 millionga yaqin mablag’ yig’ishga va’da olindi. Ushbu mablag’ yig’ilishida o’z hissalarini qo’shgan barchaga o’zimizning samimiy minnatdorchiligizni bildiramiz. Alloh Subhana va Taalo Muborak Ramazon oyida qilgan ehsonlarini dargohiga qabul qilgan bo’lsin, omiyn!Shuningdek, iftor kechasida O’zbekistondan kelgan 8 nafar diniy olimlar tashrif buyurishdi. Ulamolarning mazmunli ma’ruzalari, diniy mavzudagi savol- javoblar uchrashuv qatnashchilariga katta taassurot qoldirdi. Kecha juda shukuhli tarzda o’tdi. Mehmonlarimizga barcha chikagoliklar nomidan chin qalbdan tashakkurlar aytamiz. Alloh ularning ilmlarini yanada ziyoda qilishini va safarlari bexatar bo’lishini istab qolamiz. Chikagodagi O’zbek Amerika Assotsiyatsiyasi kengash a’zolari

Chikagoda katta Iftor va mablag’ yig’ish kechasi, o’zbekistonlik ustozlar tashrifi. Read Post »

Chikagodagi o’zbeklar O’zbekiston mustaqilligiga dala sayli va avtomobillar karvoni tashkil etishdi

Chikagodagi yurtdoshlarimiz O’zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan dala sayli va avtomobillar karvoni tashkil etishdi. 300 dan ortiq mehmonlar ishtirok etgan piknikda milliy taomlar tortildi, turli xil o’yinlar o’tkazildi. Ayniqsa bayroqlar bilan bezatilgan avtomobillar karvoni katta qiziqish bilan kuzatildi.

Chikagodagi o’zbeklar O’zbekiston mustaqilligiga dala sayli va avtomobillar karvoni tashkil etishdi Read Post »

Scroll to Top