2024-yil hisobi

Chikagodagi O’zbek Amerika assotsiyatsiyasi (UAAC) 2009 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelayotgan bo’lib , Chikago va uning atrofida istiqomat qilayotgan millatdoshlarni o’z atrofida birlashtirgan. Tashkilotning asosiy vazifalari muhojirotda yashayotgan millatdoshlarimiz o’rtasida milliy madaniyatimizni, ona tilimiz va dinimizni saqlab qolish, ona- vatan bilan aloqalarni mustahkamlash hamda bu yerda yashayotgan mahalliy xalqlarga o’zbek millatini tanatishdir.
Jamiyat shu kunga qadar bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. O’nlab milliy- madaniy fesivallarda ishtirok etdi, minglab vatandoshlarimizni bolalariga o’z ona tillarini o’rganishlariga yordam berdi. Bugungi kunda jamiyat o’zining milliy markazi binosiga ega.
Jumladan 2024 yilning o’zida tashkilot tomonidan quyidagi tadbirlar amalga oshirildi.

1.Elgin va Napervil shaharchalarda markazlarda bolalarga o’zbek tili, odobnoma , mental arifmetika hamda Qur’on darslari o’tildi. Shuningdek darslarda O’zbekiston bayrog’I, madhiyasi va davlat tili haqidagi qonunlar qabul qilingani munosabati bilan turli tadbirlar o’tkazildi.

  1. Skokie shaharchasida 40 ta millat vakillari ishtirokida o’tkazilgan baynalminal madaniyatlar fesivalida O’zbekiston madaniyati namoyish qilindi.
  2. O’zbek Chikago (UAACY) yoshlar anjumani bo’lib o’tdi
  3. O’zbekiston mustaqilligining 33 Yilligi nishonlandi. O’zbekiston elchixonasi hamda O’zbekiston “Vatandosh” fondi vakillari ishtirok etishdi. 1000 dan ortiq kishi qatnashdi. .
  4. Chikagodagi bir nechta logistika kompaniyalari O’zbekiston bilan biznes hamkorligi qilmoqdalar.
  5. Nyu Jersi shtatida o’zbek jamoalari orasida o’tkaziilgan osh musobaqasida Chikagoliklar faxrli o’rinni egallashidi.
  6. O’zbekistonimiz mustaqilliga bag’ishlab Nyu- York shaharida o’tkasilgan futbol musobaqasida ham Chikago komandasi mufaffaqiyatli ishtirok etishdi.
  7. Shuningdek, Navro’z, Ramazon va Qurbon hayiti kabi milliy va diniy bayramlar muntazam o’tkazib kelinadi

Leave a Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Scroll to Top